14:46 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (944)
2140 0 0

2019 yil 11 dekabr kuni Uxanda yashaydigan ayol nomaʼlum sabablarga koʻra isitma koʻtariladi va u klinikaga murojaat qiladi, u yerda sogʻligʻi yaxshilanmaydi. Besh kundan soʻng ayol boshqa shifoxonaga yotqiziladi.

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Xitoyda koronavirusga chalingan birinchi inson ayol ekanligi maʼlum boʻldi. U Uxan shahridagi “”Xuanan” dengiz mahsulotlari bozorida krevetka sotuvchisi boʻlib ishlagan. Bu haqda Xitoyning “Penpay” gazetasi maqola tayyorladi.

Taʼkidlanishicha, ayolning familiyasi - Vey, 2019 yil 11 dekabr kuni nomaʼlum sabablarga koʻra uning isitmasi koʻtariladi. U bozor yaqinida doʻkonni ijaraga olgan. Uning uyi birinchi qavatida joylashgan klinikaga murojaat qiladi, lekin u yerda unga yordam berishmadi. 16 dekabr kuni ayol Xuachjun ilm va fan universiteti qoshidagi “Sexe” shifoxonasiga murojaat qildi.

Gazeta jurnalistlari yangi turdagi virusga ilk bemorlar roʻyxati nusxasini oldilar. Undagi maʼlumotlarga koʻra, “Xuanan” bozoriga kelgan 24 kishi kelgan, ulardan 4 kishi – bir oila aʼzolari.

Shuningdek, jurnalistlar shu bozorga kelmagan va u yerdagilar bilan hech qanday muloqot qilmagan yana bir bemor haqida maʼlumotga ega boʻldilar. Uning familiyasi Chen, unda ham 16 dekabr kuni isitmasi koʻtarildi.

Erkak kompaniyalarning birida moliya boʻlimida ishlashini va tirik qushlar yoki shu bozorda boʻlgan kishilar bilan muloqotda boʻlmaganligini shifokorlarga aytadi. Uning soʻzlariga koʻra, u 30 km uzoqlikda istiqomat qiladi. U taxmin qilishicha, ishga ketayotgan vaqtda metroda virus infektsiyasini yuqtirib olgan boʻlishi mumkin.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (944)

Asosiy mavzular