08:15 28 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
240410

Xitoylik 2 nafar biolog olimlar koronavirus tarqalishi qayerdan boshlanganini xabar qilishdi. Ular aytishiga qaraganda virus dengiz mahsulotlari bozoridan kelib chiqmagan.

TOSHKENT, 26 mar - Sputnik. Xitoylik ikki nafar biolog olimlar Botao Syao va Ley Syao koronavirus haqiqatda kelib chiqishi mumkin boʻlgan joyni aniqlashdi. Ularning xulosasiga koʻra, virus dengiz mahsulotlari bozorida emas, balkim bozor yaqinida joylashgan ilmiy laboratoriyadan kelib chiqqan boʻlishi mumkin.

Kompyuternoye izobrajeniye, sozdannoye kompaniyey Nexus Science Communication sovmestno s Triniti kolledjem v Dubline, pokazыvayet model, strukturno predstavlyayuщuyu betakoronavirus, kotorыy yavlyayetsya tipom virusa, svyazannogo s COVID-19
© REUTERS / NEXU Science Communication

Oldin OAVlarda tarqalgan maʼlumotlarga koʻra, koronavirus birinchi yuqish holati Uxan bozorida koʻrshapalakdan odamga oʻtgan deb taxmin qilingan edi. Lekin biologlar Botao Syao va Ley Syao aniqlashiga koʻra, ushbu bozorda koʻrshapalaklar umuman sotilmagan. Shuningdek Uxanda ushbu jonzotlarni ovqatga ishlatish anʼanasi ham yoʻq. Demak bu yerda odamlar koʻrshapalakdan kasallik yuqtirish ehtimoli juda kam.

Lekin ushbu bozordan 280 metr narida Uxan yuqumli kasalliklar ilmiy laboratoriyasi bor. Ushbu laboratoriyada jumladan koʻrshapalaklar bilan ham turli tajribalar oʻtkazilgan. Biologlar xabariga koʻra, ushbu laboratoriyada tajriba ostida boʻlgan zararlangan koʻrshapalaklardan biri ilmiy xodimni tishlab olgan va yana biri ilmiy xodimning ustiga uning suyuqligi tekkan. Ushbu ilmiy xodimlar virus xavfini tushungan hold 14 kun oʻzlarini oʻzi izolyatsiya qilgan.

Shuningdek biologlar aytishiga qaraganda, Uxandagi bozordan 12 km masofada Uxan virusologiya institutiga tegishli boʻlgan yana bir laboratoriya. U yerda 2002-2003 yillarda epidemiyaga aylangan atipik pnevmoniya virusi SARS-CoV bilan tajribalar oʻtkazilgan va ushbu virusning yangi turini yetishtirishgan. Biologlar aytishiga koʻra, ushbu yangi virus ehtiyotsizlik oqibatida laboratoriyadan chiqib ketgan boʻlishi mumkin.

Olimlar aytishiga qaraganda, ularning ushbu aniqlashlari albatta yanada chuquroq tekshiruv talab qiladi, lekin bir narsa aniq-ki, ushbu laboratoriyalar odam gavjum shahardan uzoqroqqa koʻchirilishi kerak.

Asosiy mavzular