20:43 04 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (558)
180 0 0

28 martdan boshlab Olmaota va Nur-Sulton koʻchalari va jamoat joylarida uch kishidan ortiq kishi toʻplanishi taqiqlanadi.

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Qozogʻiston hukumati 28 martdan boshlab Olmaota va Nur-Sulton koʻchalari va jamoat joylarida uch kishidan ortiq kishi toʻplanishini taqiqladi. Bu haqda Qozogʻiston bosh vaziri matbuot xizmati xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, bir oila aʼzolari uchun istisno mavjud. Voyaga yetmaganlarning kattalar hamrohligisiz harakat qilishi ham taqiqlangan.

Qozogʻistonda koronavirus bilan bogʻliq 109 ta holat qayd etilgan. Mamlakatda 16 martdan favqulodda holat rejimi amal qilmoqda. Nur-Sulton va Olmaotada 19 martdan karantin joriy etilgan.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (558)

Asosiy mavzular