08:32 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (537)
595 0 0

AQSH prezidenti Donald Tramp XXR raisi Si Tszinpin bilan telefon orqali muloqot qildi. Ular koronavirus bilan bogʻliq vaziyatni muhokama qildilar.

TOSHKENT, 27 mar — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp XXR raisi Si Tszinpin bilan telefon orqali muloqot qildi. Ular koronavirus bilan bogʻliq vaziyatni muhokama qildilar.

“Hozirgina XXR raisi Si Tszinpin bilan juda yaxshi suhbat oʻtkazdim. Dunyo katta qismini vayron qilayotgan koronavirusni juda batafsil muhokama qildik. Xitoy koʻp narsani boshidan oʻtkazdi va virus haqida aniq tushunchani ishlab chiqdi. U bilan yaqin hamkorlik qilmoqdamiz. Katta ehtirom!”, - deb yozgan Tramp oʻz Twitter-akkauntida.

AQSH koronavirus holatlatlari boʻycha AQSH dunyoda birinchi oʻringa chiqdi. mamlakatda 85,4 mingta koronavirusga chalingan bemorlar qayd etilgan. Xitoyda esa shu kunda – 81,3 mingta bemor qayd etilgan. Shunday qilib AQSH bir kunda Xitoydan ham Italiyadan ham oʻzib ketdi.

Bugungi kunda dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 538 mingdan, qurbonlar soni 24 mingdan oshib ketdi.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (537)

Asosiy mavzular