04:55 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
1027 0 0

Rossiyalik epidemiolog koronavirusga qarshi kurashda italiyaning eng katta xatosini aytdi. Italiyada koronavirusdan 8 mingdagn ortiq kishi qurbon boʻlgan.

TOSHKENT, 27 mar — Sputnik. Italiyada koronavirus epidemiyasi boshlanishi vaqtida ushbu mamlakat hukumati katta xatoga yoʻl qoʻygan, deb hisoblaydi Rossiya Epidemiologiya ilmiy markazi xodimi Nikolay Malыshev. RIA Novosti xabariga asosan.

“Epidemiya boshida barcha kasalxona toʻshaklarini kasallik yengil kechayotgan bemorlar bilan toʻldirib tashlangan. Oqibatda ogʻir kasallarga oʻrin yetmay qolgan”, - dedi Malыshev.  

Maʼlumot uchun, bugungi kunda Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 64 mingdan, qurbonlar soni 6500 dan oshib ketgan. Vafot etganlarning aksariyati katta yoshdagi fuqarolar ekanligi xabar qilingan. 

Epidemiolog aytishiga qaraganda, Rossiyada xavfli guruhga kirmaydigan va kasallik yengil kechayotgan bemorlar uydi davolanmoqda. Shiforkorlar brigadalari bemorlarni uyida koʻzdan kechirishi, ular bilan telefon orqali yoki onlayn muloqotda boʻlib tavsiyalar berishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, koronavirus odamlarga yoshiga va sogʻliq holatiga qarab turlicha taʼsir qiladi. Xususan yosh bolalar va oʻsmirlarda koronavirus yengil kechadi. Surunkali kasalliklar, infarkt va insultga chalingan, qandli diabet va oʻpka pnevmoniyasi bor hamda yoshi 65dan oshgan kasallar uchun ushbu virus juda xavfli hisoblanadi.

Asosiy mavzular