14:41 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)
276010

Shifokorning aytishicha, Xitoyda bir yarim ming nafar aholiga bitta epidemiolog xizmat koʻrsatsa, Ukrainada bitta epidemiolog 150 ming fuqaro bilan ishlaydi. Bu esa katta yoʻqotishlarga olib kelishi mumkin

TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. Ukrainada koronavirusga chalinganlar soni "rasmiy statistik maʼlumotlarda keltirilayotgan raqamlardan" oʻnlab, hattoki yuzlab marotaba koʻpdir. Bu haqda "Obozrevatel" nashriga bergan intervyusida mamlakatning sobiq sanitar vrachi Svyatoslav Protas aytgan.

"Virus geometrik tarzda koʻpaymoqda <…> Yuqish darajasi faqat qizamiq va oʻpka vabosida yuqoriroq - inson 10 kishi bilan aloqa qilgan boʻlsa, shu 10 nafar inson ham bemorlanadi. Oddiy hayotda kishi 5-30 gacha insonlar bilan aloqada boʻladi, endi koronavirusga necha kishi chalinishi mumkinligini hisoblab chiqing", - deya izoh beradi shifokor.

U shuningdek, karantin tufayli infektsiya tarqalishi jarayoni qisqarganligini, ammo virusni yuqtirganlar soni aniqlanganlar hisobiga koʻpayishini taʼkidlab oʻtdi.

Tibbiyot tizimi va krematoriylar oʻlimlar soni ortishiga tayyor boʻlishi kerak.

Protas koronavirusga qarshi na spetsifik terapiya, na profilaktiga mavjudligini eslatib oʻtdi. Tabiiy immunitet shakllanishi uchun aholining kattagina qismi bemorlanishi kerak, odamlarning 30-70 foizi virusni yuqtirsagina kollektiv immunitet shakllanadi.

"Agar biz Ukrainadagi pik raqamlar haqida gapirsak, bu aholining 70% boʻlishi mumkin. Absolyut raqamlarda esa — bu 20 mln dan ortiq kishini tashkil etadi", — deb qoʻshimcha qildi shifokor.

U Xitoyda bir yarim ming nafar aholi bilan bir nafar epidemiolog ishlashini, ukrainalik hamkasbi esa bu orada 150 ming nafar fuqaroga xizmat koʻrsatishga majbur boʻlayotgani haqida gapirdi.

Oʻzbekiston shifokorlari koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda yordam bermoqchi >>>

"Bunday holatda mantiqan olib qaralganda, Ukraina Xitoyga nisbatan 100 barobar koʻp ogʻir oqibatlarni boshdan kechirishi kerak. Agar 20 million nafar ukrainaliklar kasallanishi kerak boʻlsa, u holda oʻlimlar soni 2 millionni tashkil etadi. Men bu gapni odamlar orasida vahima uygʻotish uchun emas, balki biz xatarlarni anglashimiz va masʼuliyatni his eta olishimiz uchun aytayapman" - deya xotima qildi shifokor.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni Xitoydan tarqalgan yangi turdagi COVID-19 koronavirusi epidemiyasini pandemiya, deb eʼlon qildi. BSST taqdim etgan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, butun dunyo boʻyicha 510 mingdan ortiq kishi bemorlangan, oʻlimlar soni 23,5 mingga yetgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)

Asosiy mavzular