15:53 26 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (866)
706 0 0

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Rossiya boʻylab koronavirus aniqlanganlar soni 1534 kishini tashkil qilmoqda. Shulardan 1014 tasi Moskvada aniqlangan.

TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Moskvada koronavirus bilan kasallanganlar soni 1014 kishiga yetdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, soʻnggi bir sutkada Rossiya poytaxtida koronavirus infektsiyasi bilan bogʻliq 197 ta yangi holat tasdiqlangan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Rossiya boʻylab koronavirus aniqlanganlar soni 1534 kishini tashkil qilmoqda. 64 nafar bemor tuzalib ketgan. 8 kishi ushbu kasallikdan vafot etgan.

Eslatib oʻtamiz, koronavirus epidemiyasining tarqalishini oldini olish, aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash maqsadida Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda 30 martdan 3 aprelga qadar maoshlarni saqlab qolgan holda dam olish kunlari deb eʼlon qilgan edi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (866)

Asosiy mavzular