Hamqishloqlariga koronavirus yuqtirgan ayol tiz cho‘kib kechirim so‘radi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishNa Ukraine obyavlen rejim ChS v svazi s koronavirusom
Na Ukraine obyavlen rejim ChS v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Italiyaga borib kelgan ukrainlik ayol o‘z bolalari, nabiralari va 14 nafar hamqishlog‘iga koronavirus yuqtirdi.

TOShKENT, 30 mar – Sputnik. Ukrainaning Chernovisk viloyati Kolenkovsi qishlog‘ida yashovchi ayol tiz cho‘kib hamqishloqlaridan kechirim so‘radi. Ushbu haqidagi videolavha Uoutube tarmog‘iga joylashtirilgan.  RIA Novosti xabariga asosan.  

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu ayol koronavirus epidemiyasi avj olgan vaqtida Italiyada bo‘lib qaytgan. Shundan so‘ng o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilmasdan jamoat tadbirlarida faol ishtirok etgan. Oqibatda uning bolalari, nabiralari va 14 nafar hamqishlog‘iga koronavirus yuqtirgan. Ayni damda ularning barchasi kasalxonaga joylashtirilgan.

"Sizlar meni uyimni yoqib yuborib bolalarim va nabiralarimdan qasos olmoqchi ekaningizni eshitdim. Men bugun koronavirusdan to‘liq davolanib keldim. Bolalarim ham davolanishdi. Istasangiz faqat meni o‘ldiring. Agar shu bilan biror narsa o‘zgarsa. Men sizlardan kechirim so‘rayman", - deyilgan ayol kishining murojaatida. 

Ushbu qishloqda yashovchi yana ayolning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda ushbu ayol ko‘chib ketishga tayyor turibdi. Ular hamqishloqlari qasos olishidan qo‘rqib uyidan tashqariga chiqa olmaydi, oziq-ovqatlari ham tugamoqda. Kasallangan ayol Italiyaga boshqa hech qachon bormasligini aytmoqda. 

Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, ayni damda ushbu mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 475 kishini tashkil qilmoqda. Ulardan 59 nafari Chernovisk viloyatida. 

Yangiliklar lentasi
0