07:02 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)
2838260

Koronavirus pandemiyasi 199 ta davlatni qamrab oldi, biroq Tojikiston hanuz dunyo epidemiyasidan chetda qolmoqda.

TOSHKENT, 30 mar — Sputnik, Marina Chernishova-Melnik. Tojikiston bugungi kunda koronavirus birorta holati qayd etilmagan davlatlardan biri boʻlib qolmoqda.

2019 yil oxirida Xitoyda aniqlangan koronavirus dunyoning 199 davlatini qamrab oldi. Sal kam 725 ming turli yoshdagi kishilar virusga chalindi, 34 mingdan ortiq kishi vafot etdi.

Tojikiston hozircha epidemiyadan chetda qolmoqda, mamlakat aholisi boshqa davlatlar singari koronavirus bilan bogʻliq vaziyat haqidagi yangiliklarni kuzatib bormoqda.

Mutaxassis va oddiy fuqarolar oʻziga savol bermoqda: Tojikiston oʻzini qanday qilib koronavirusdan himoya qilishga erishdi, qanday omillar yordam berdi.

Sputnik Tojikiston eng keng tarqalgan versiyalarni toʻpladi.

Ommabop emas, demak sogʻlom

Tojikiston  - ancha yopiq davlat. Buni yirik tranzit punkti yoki chet ellik sayyohlar orasida eng sevimli dam olish maskanlaridan biri deb boʻlmaydi.

Aviachiptalar narxi “tishlaydi”, turizm reklamasiga hech kim pul tikmaydi. Kirish turizmning oqimi kam. Shunga koʻra, respublikada aviaparvozlar minimal darajada, tranzit parvozlar umuman yoʻq. Shuning uchun Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlari singari Tojikiston hududiga infektsiyani olib kirish qiyinroq. Virus tarqalishining asosiy xavfi bu turistlar.

Agar Italiya va Tojikiston yillik sayohlar soni solishtirilganda, ancha farq qiladi, va bu oʻzining ijobiy holati koʻrsatmoqda. Ehtimol, bunday izolyatsiya Tojikistonni koronavirusdan himoya qilgan. Darhaqiqat, hatto mintaqadagi qoʻshnilar - Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston rivojlangan iqtisodiyoti, xalqaro munosabatlari va keng aviamarshrutlar tarmogʻi tufayli chet elliklarni koʻp marta koʻproq qabul qilishgan.

Bundan tashqari, Tojikiston qitʼaning chuqur qismida, transport oqimlaridan uzoqda joylashgan. Sharq tomonda Xitoy bilan chegarani tezlik bilan yopildi. Qozogʻiston orqali tranzit toʻxtatilishi ham respublikada xavfsizlikni taʼminladi.

Koronavirus – boylar kasalligi

Keyingi mantiqiy taxmin – qanchalik mamlakat fuqarolari koʻp sayohatiga chiqsa yoki chet elliklarni mehmon sifatida qabul qilsa koronavirus tarqalish ehtimoli shunchalik yuqori boʻladi.

“Korona” ni yaxshi daromadli kishilar olib kelmoqda. Daromad va chiptalar narxi sezilarli farq qilishi tufayli Tojikiston fuqarolari kamdan-kam hollarda chegarani kesib oʻtadilar. Aholining katta qismi chet elda ishlaydi, yiliga bir-ikki marta yoki undan kam vataniga qaytadi.

Hamma ham boshqa davlatda taʼtilni oʻtkaza olmaydi, aksariyat hollarda avtotransportda borish mumkin boʻlgan qoʻshni - Oʻzbekiston tanlanadi.

Bu safar hammani ranjitadigan chiptalarning yuqori narxi tojikistonliklarga qoʻl keldi, shekilli.

Koronavirusni aniqlab boʻlmayapti

Ehtimol, savolga javob birinchi qarashda oson tuyuladi. Sir emaski, Tojikistonda tibbiyotning hozirgi darajasi, kasalxonalarning jihozlanishi va mutaxassislar malakasi boʻyicha umumjahon darajadan orqada. Mamlakatda koronavirusni yuqtirish yagona holatlari boʻlishi mumkinligini inkor etib boʻlmaydi, biroq hammasi qurbonsiz oʻtdi.

Tashxis qoʻyish asbob-uskunlari va test-tizimlari yetishmasligi oʻz vaqtida kasallik holatlarini aniqlashga imkon bermyapti. Axir, kasallik uzoq vaqt davomida alomatlarsiz oʻtishi allaqachon maʼlum.

“Tojikistonda nafas olish va pnevmoniya kasalliklari tashxisiga (asbob-uskunalar va boshqalar) egami? Agar boʻlsa, ushbu tashxis barcha tibbiy muassasalarida qay darajada keng qoʻllanmoqda? Bu asosiy savol. Agar foydalanilmasa, unda rasmiy holatlar haqida maʼlumot boʻlmaydi”, - deya tushuntiradi virusolog, tibbiyot professori Anatolik Altshteyn.

“Virusli infektsiyalarning oldini olish va davolash” ilmiy-axborot markazining bosh direktori Georgiy Vikulov bugungi kunga qadar koronavirus infektsiyasiga 199 davlat va mustaqil hududlar qamrab olinganini eslatdi.

“Biror joyda odamlar infektsiyani yuqtirishi, u havo orqali oʻtadi, qoʻshni hududlarga umuman  tarqalmasligi - bunday boʻlmaydi. Hindiston va Afrikada yuqtirish holatlari haqidagi kech xabarlar boʻlgan. U yerda, dastlab ular kasallik faktini tan olishga shoshilmadilar, ammo keyin ular bunga majbur boʻlishdi. Shu sababli, men COVID-19’dan ozod boʻlgan davlatlar dunyoda qolganiga shubha qilaman”, - deydi mutaxassis.

“I. I. Mechnikov nomli vaktsinalar ilmiy-tadqiqot instituti” direktori Vitaliy Zverev hamkasblarini 2020 yil boshidan beri Tojikiston aholi orasida pnevmoniya holatlari statistikasini kuzatib borishga chaqirdi.

"Bu kelib chiqishi gripp yoki bakterial boʻlishi mumkin. Agar soʻnggi paytlarda yuqumli pnevmoniya hollari koʻpayib ketgan boʻlsa, bu signaldir", - deydi virusolog.

Tojiklarda koronavirusga qarshi immunitetga ega

Ushbu versiya ham aholi orasida koʻplab javoblar mavjud. Ijtimoiy tarmoqlarning eng optimistik foydalanuvchilarning fikriga koʻra, tojikistonliklar grippning ogʻir formasida oldindan kasal boʻlishgan, va u xuddi shu koronavirus boʻlgan boʻlishi mumkin.

Mamlakatda dekabr-yanvar oylaridan notipik alomatlar (koʻp kunli isitma, yoʻtal va qayt qilish) bilan gripp avj olishi qayd etilgan. Shuning uchun endi dunyoni koronavirus “bosgan” paytda Tojikiston xavfsiz joyda – hammada kasallikka qarshi immunitet hosil boʻldi.

SSV oldindan choralar koʻrdi

Xitoyda endi koronavirus haqida gapirishni boshlashganda 2020 yanvar oyi yakunida Tojikiston respublika kelayotgan barcha kishilarni tekshirishni boshladi, keyin esa xorijliklar umuman kirishni chekladi.

Xorijdan kelgan bir necha ming kishi yirik shaharlarda uzoqlikda boʻlgan 14 kunlik majburiy karantindan muvaffaqiyatli oʻtdilar. Oldindan koʻrilgan choralar muhim rol oʻynadi, tashqaridan yuqtirish xavfi sezilarli darajada kamaydi.

Xavf guruhidagi odamlar kam

BSST maʼlumotlariga koʻra, koronavirus yuqtirish xavfi ostida, birinchi navbatda, 65 va undan katta yoshdagi keksa odamlar, surunkali kasalliklarga chalinganlar, homilador ayollar va immunitet tanqisligi boʻlgan fuqarolar.

Respublikada tugʻilishning oʻsishi tufayli mamlakat aholisining katta qismini yoshlar va bolalar tashkil qiladi.

“Yoshlar ham virusdan aziyat chegadilar. Ammo bu, tanani umuman zaiflashtiradigan boshqa jiddiy, surunkali kasalliklar fonida, oʻz vaqtida infektsiyadan oʻzini himoya qila olmadi.

Immuniteti yillar davomida zaiflashadigan keksa odamlar uchun yanada qiyinroq. Tana endi oldingidek ishlay olmaydi va shunga mos ravishda infektsiyani yuqtirish xavfi katta. Menga 60 yoshdan oshgan, yurak-qon tomir, oʻpka, nafas olish tizimi, metabolizm bilan bogʻliq muammolari boʻlmagan odamni koʻrsating”, - deydi Zverev.

Statistik maʼlumot: Tojikistonda potentsial almashtirish koeffitsiyenti (bolalar sonining mehnatga layoqatli yoshdagi aholiga nisbati) 54,1% ni, pensiya taʼminoti darajasi esa atigi 5,4% ni tashkil etadi.

Din himoya qiladi

Tojikistoning aksariyat aholisi - musulmonlar. Har bir musulmon har kuni besh maxal namoz oʻqishi kerak. Bu qoida mansab yoki moliyaviy ahvolidan qatʼiy nazar barcha dindorlarga taalluqli. Namozdan avval tahorat qilish kerak.

Oʻylab koʻring: tojik xalqining aksariyati kuniga bir necha marta tahorat qiladi. Jaziramada qoʻl va oyoq ochiq boʻlsa ham - muntazam yuvilsa, hech qanday virus ildiz otmaydi. 

Koronavirusga qarshi isiriq

Tojikistonda isiriqdan keng foydalaniladi. Xonalarda qurigan oʻtni yoqishadi va bakteriyalarni “oʻldirishadi”. Epidemiolog-shifokor Mixail Favorovning fikriga koʻra, aynan isiriq mamlakat aholisini infektsiyadan qutqarmoqda.

“Moʻgʻul uchburchagi”ga kiruvchi mamlakatlarda birorta ham koronavirus holati aniqlanmagan. Biz buning sabablari haqida uzoq oʻyladik: bunga balkim quruq havo va iqlim sababchidir, yoki isiriq. Axir Markaziy osiyoda ushbu oʻtdan uzoq yillar davomida havoni zarasizlantirish vositasi sifatida foydalanishgan,” — dedi Favorov.

Aytgancha, koronavirus haqida yangiliklar fonidan Tojikistonda isiriq va sarimsoq savdosi koʻpaydi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)

Asosiy mavzular