Tramp: Rossiya AQShga tibbiyot buyumlari ortilgan samolyot jo‘natdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Donald Tramp
Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Donald Tramp Moskva tomonidan yuborilgan yordamga oid boshqa tafsilotlarni ochiqlamagan.

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp dushanba, 30-mart kuni Rossiya COVID-19 pandemiyasi munosati bilan AQShga tibbiyot buyumlari ortilgan samolyot yuborganini ma’lum qildi.

“O‘ylaymanki, oxir-oqibat yanada kuchliroq bo‘lamiz. Biz ko‘p narsani o‘rgandik. Aytishim lozimki, ko‘p davlatlar bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Xitoy bizga ba’zi bir narsalarni jo‘natdi, bu juda ajoyib edi. Rossiya bizga tibbiyot buyumlari to‘ldirilgan juda-juda katta samolyot jo‘natdi, bu yoqimli  edi. Boshqa davlatlar bizga ko‘p narsa yuborishdi, men xush yoqadigan tarzda hayron bo‘ldim”, - dedi Amerika yetakchisi Oq uyda koronavirus bo‘yicha matbuot anjumanidagi nutqida.

Biroq Tramp yuborilgan yordamga oid boshqa tafsilotlarni ochiqlamagan.

Rossiya "tibbiy desanti” Italiyaga qanday yordam beradi

Amerika koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra u yerda 164 mingdan ziyod koronavirusning tasdiqlangan holati qayd etilgan. Vafot etganlar soni 3 ming kishiga yaqinlashib qolgan.

Yangiliklar lentasi
0