Koronavirusga chalingan ayol azobli og‘riqlar haqida so‘zlab berdi

© AP PhotoIzobrajenie novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV
Izobrajenie novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning Viskonsin shtatida istiqomat qiluvchi 22 yoshli ayol kasallik vaqtida his etgan azoblari haqida ochiq-oydin hikoya qilib berdi.

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. AQShning Viskonsin shtatida istiqomat qiluvchi ayol koronavirusga chalingach, kasallik vaqtida his etgan azoblari haqida Twitter’da post yozdi.

Emi Shirsel Yevropaga safaridan so‘ng o‘zini yomon his qilishni boshladi. 

“Birinchi bir necha kun yengil alomatlar bo‘ldi. Isitma ko‘tarilib, yengil yo‘tal, qaltirash, bosh og‘rigi va tumov paydo bo‘ldi”, - deb yozdi u 28-mart kuni.

Keyin ayolda ishtaha va uyqu bilan muammolar paydo bo‘ldi. “To‘rtinchi kun test koronavirusni ko‘rsatganda, 22 yoshli ayol ko‘ngil aynashi, nafas qisishini his etishni boshladi, isitma 39 darajaga ko‘tarildi”.

Bir sutkadan so‘ng, Shirsel yurishga qiynala boshlagandan so‘ng “Tez yordam”ni chaqirdi. Tibbiyot xodimlari uni shifoxonaga olib ketishdi.

COVID-19 birinchi holatlari o‘tgan yil yakunida Xitoyning Uxan shahrida paydo bo‘ldi. BTTS so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 690 mingdan ortiq kishi bu virusga chalingan, 33 ming kishi vafot etdi.

Eng ko‘p o‘lim holatlari – Italiya (11 mingdan ortiq), Ispaniya, Xitoy, AQSh va Fransiya. Shunda AQShda eng ko‘p kasallanganlar soni.

Yangiliklar lentasi
0