Tailand qiroli Germaniyada 20 kanizak bilan birga o‘zini izolyatsiya qildi

© AFP 2023 / Thai Royal Household BureauKorol Tailanda Maxa Vachiralongkorn sovershayet miropomazanie svoyey docheri prinsessi Sirivannavari Nariratani na svoyey koronatsiyu v Bangkoke
Korol Tailanda Maxa Vachiralongkorn sovershayet miropomazanie svoyey docheri prinsessi Sirivannavari Nariratani na svoyey koronatsiyu v Bangkoke  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniya OAVlarining ma’lumotiga ko‘ra, Tailand qiroli Grand Hotel Sonnenbichl mehmonxonasining barcha joylarini ijaraga oldi.

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Tailand qiroli Maxa Vachiralongkorn Alp tog‘laridagi Garmish-Partenkirxen joyidagi hashamatli otelda o‘zini izolyatsiya qildi. Bu haqda New York Post xabar qildi.

Izobrajenie novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga chalingan ayol azobli og‘riqlar haqida so‘zlab berdi

Ma’lum qilinishicha, Tailand qiroli o‘zi bilan 20 nafar kanizagini olib ketgan.

Bild nashri yozishicha, 67 yoshli Tailand qiroli Grand Hotel Sonnenbichl mehmonxonasining barcha joylarini ijaraga olgan.

Germaniya hukumatini umumiy izolyatsiyaga qaramasdan qirol mamlakatda dam olishi uchun rasmiy ruxsatnoma bergan. Ta’kidlanishicha, Alp kurortlaridagi barcha mehmonxonalar yopilgan edi. Biroq bu otel yopilmadi.

Qirol bilan yana 119 nafar xizmatchilari keldi, biroq ularda COVID-19 gumoni tufayli Tailandga qaytib ketdilar.

Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus - biologik qurolmi?

Tailand o‘zida koronavirusga chalinganlarning soni 1388 nafarni tashkil qilmoqda. Sakkiz kishi vafot etdi.

Bu “haram bilan o‘zini izolyatsiya qilish” haqidagi yangilik internetda paydo bo‘lgandan keyin mamlakat aholisi qirolga nisbatan e’tirozli izohlarni yog‘dirishdi. Twitter’da “Bizga qirol nima uchun kerak?” degan xeshteg paydo bo‘ldi, uning ostida milliondan ortiq izohlar paydo bo‘ldi.

Reddit portalida eng ko‘p muhokama qilingan yangilik bo‘ldi, ikki kun ichida 76 mingga yaqin layk to‘pladi.

Yangiliklar lentasi
0