TOSHKENT, 31 mar — Sputnik. Moskva 40-sonli shahar kasalxonasi bosh shifokori Denis Protsenko COVID-19 yuqtirib oldi.
“Aziz doʻstlar, men haqimda xavotir olishingizdan juda taʼsirlandim. Ha, menda SoVga test ijobiy, lekin men oʻzimni yaxshi his qilyapman. Xizmat xonamda oʻzimni izolyatsiya qildim, masofadan turib ishlash, boshqaruv va teletibbiyot boʻyicha maslahatlar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud”, - deb yozdi shifokor Facebook’dagi sahifasida.
Oʻtgan haftada Kommunarka klinikasiga Vladimir Putin tashrif buyurgandi. Prezident bosh shifokor Protsenko bilan uchrashib, kasalxona xodimlari bilan muloqot qilgandi.
Prezident bosh kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qilishicha, prezidentda hammasi joyida, u muntazam ravishda koronavirusga test topshirmoqda.