14:40 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
Gʻalabaning 75 yilligi (50)
340230

Frontda halok boʻlganlar roʻyxatida – Toshkent, Fargʻona,Namangan, Buxoro, Samarqand, Andijon viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida tugʻilgan askarlar qayd etilgan. Askarlar barchasi Rostov viloyatida halok boʻlgan.

TOSHKENT, 2 apr — Sputnik, Mariya Naumenko. Rostov viloyati “Zov serdtsa” qidiruv otryadi Ulugʻ Vatan urushi yillarida Rostov viloyatida halok boʻlgan 33 oʻzbekistonlik askarning qarindoshlarini qidirmoqda.

Bundan tashqari, Qozogʻiston (31), Qirgʻiziston (5), Armanistondan (4), Ozarbayjon (9) askarlarning qarindoshlari qidirilmoqda. Sakkiz askarning qarindoshlari Belarusda, toʻqqiz nafari Gruziyada boʻlishi mumkin. Yana ikki nafar askarlarning yaqinlarini Abxaziya va Tojikistonda topishga umid qilishmoqda.

“Men internetda shu davlatlardagi askarlarning familiyadoshlariga xabar joʻnatdim. Internet guruhlarda qidiruv mavzularni tashkil qildim. Shu orqali askarlarning ayrim oilalari topildi”, - deydi qidiruv otryadi rahbari Dmitriy Voronov.

Frontda halok boʻlganlar roʻyxatida – Toshkent, Fargʻona,Namangan, Buxoro, Samarqand, Andijon viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida tugʻilgan askarlar qayd etilgan. Askarlar barchasi Rostov viloyatida halok boʻlgan.

Voronov barcha davlat fuqarlari vaqti va imkoniyati boʻlsa qidiruv ishlarida yordam berishi mumkin. Otryadning rasmiy vakili boʻlishi shart emas: inson tarmoqda qidiruv xabarini repost qilishi mumkin, bu ham katta yordam boʻladi. 

“Rostov viloyatidagi Shaxti shahri va uning yaqinida oʻrganish ishlarini amalga oshirmoqdaman. Bu yerda nomaʼlum qabrlar juda koʻp. Men joylarga chiqib, aholi bilan muloqot qilmoqdaman, qariyalar menga qanday boʻlgani haqida hikoya qilib berishadi. Chunki qishloqda hech qanday hujjatlar yoʻq. Na mahalliy hokimiyat, na maktab saytlarida hech qanday tarixiy maʼlumot yoʻq. Qabr "gapirishni boshlashi" uchun bir yildan koʻproq vaqt kerak boʻladi. Askarlar dafn etilgan joyni bilgan yaqinlarning quvonch qoʻz yoshlari – uning uchun eng asosiy tashakkur boʻladi”, - deydi qidiruv tashkilot rahbari Voronov.

Sputnik Oʻzbekiston urush yillarida halok boʻlgan askarlar roʻyxatini taqdim etadi. Agar tanish familiyalarni koʻrgan boʻlsangiz, qidiruv otryadi bilan bogʻlanish uchun Sputnik agentligiga murojaat qilishingiz mumkin.

1. Abdubayev (Abdullayev, Abdulayev) Tiyak - 1900 y.da Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati Parkent tumanida tugʻilgan.  Parkent RVK tomonidan chaqirilgan. 18 gv diviziya 5 Ud. Armii oddiy askari, Abdubayev 01.03.1943 yilda olgan jarohati tufayli PPG №4169 gospitalida vafot etgan va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etilgan. Uning qarindoshi Turdina ham Parkent tumanida yashagan, Changi selsoveti, “Iniri” kolxozi. 

2. Atojanov (Atojabov) Orup (Artur) - 1910 y.da Oʻzbekiston SSR, Fargʻona viloyati Fargʻona tumanida tugʻilgan.  Fargʻona RVK tomonidan chaqirilgan. 17 gv. kav. polk, 5 gv. kav. diviziya 3 gv. kav. korpus oddiy askari, kavalerist. Atojanov O. 13.02.1943 y.da Rostov viloyati Tabunshikovo degan joyda halok boʻldi. Rafiqasi Zakirova Madri  Fargʻona vil., Fargʻona tumani, Qorasu selsovet yashagan.

3. Babaxanov Alimjan - 1924 y.da Oʻzbekiston SSR, Namangan viloyati Chust tumani, Agasaroy selsovet tugʻilgan. Chust RVK tomonidan chaqirilgan. 178 azsp oddiy askar. Babaxanov A. XPPG №4169 gospitalida halok boʻldi va Rostov viloyati Shaxtida  23.05.1943 y.da dafn etilgan. Uning yaqinlari ham Agasaroy selsovetda yashashgan.

4. Bureyev (Buriyev) Musa (Muso) - 1912 y.da Oʻzbekiston SSR, Buxoro viloyati Rometan tumani, Dalmun-Xatcha s/s, Moskva k/z tugʻilgan. 25 gv. kav. polk oddiy askari. U 25.03.1943 y.da PPG№4167 gospitalida vafot etgan va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etilgan. Hujjatlar boʻyicha uni 1958 yilda oʻgʻli Musayev Xayot qidirgan (yashash manzili: Romitan tumani, Dalmun s/s k-z Moskva).

5. Djaxsembitov (Djaxsembitovich) Tulet - 1923 y.da Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Toshkent, Sifdorbyan tumani, Berxiobolinsk. s/s tugʻilgan. Toshkent RVK tomonidan chaqirilgan. U 19.03.1943 y.da IG№833 gospitalida vafot etgan va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etilgan. Qarindoshlari Toshkent sh., Sifdorbyan tumani, Berxiobolinsk. selsovet yashashgan.

6. Djumanyazov (Dojumonyazov, Djumanazarov) Sosbir (Sosibir, Sobir) - 1922 y.da Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyatida tugʻilgan. 117 zapas str. polk oddiy askari. Djumanyazov S. 23.03.1943 y.da IG№833 gospitalida vafot etgan va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etilgan. Uning qarindoshlari Toshkent shahrida yashashgan.

7. Ishkulov (Itkulov, Eshkulov, Yeshkulov) Abdul (Abdula) - 1918 y.da Oʻzbekiston SSR, Samarqand viloyati, Narpay tumani, Altiugil selsovet tugʻilgan. U 01.03.1943 y.da PPG№4169 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning yaqinlari Altiugil selsovet, Narpay tumanida yashashgan.

8. Kalambetov (Kalimbetov) Karabas - 1912 y.da tugʻilgan, 126 str. divizii katta harbiy feldsher, Qoraqalpogʻiston voyenkomati tomonidan chaqirilgan. Kalambetov K. 28.02.1943 y.da IG№833 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning otasi Tulekbayev Kalimbet Uzbekiston SSR, Muynak s., Sbornaya koʻchasi, 145 uyda istiqomat qilgan, xotini  Kalimbetova Zisayda Xoʻjayli shahrida yashagan.

9. Krayev Mixail Yefimovich - 1921 y.da Oʻzbekiston SSR tugʻilgan, Tonshayev tumani, Nikolayevskiy (Novokrayevskiy), Gorkov viloyati. Krayev M.YE. 20.02.1943 y.da №4169 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning qarindoshlari Toshkent sh. Kuybishev t. K.Marks tumanida istiqomat qilgan.

10. Lukoshin (Lukashkin, Lukashin) Petr Konstantinovich – 1923 y.da tugʻilgan, Kuybыshev vil., Bogatov t., Yefremovka. Lukoshin P.K. 03.03.1943 y.da №4167 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning onasi Lukoshina Varvara Timofeyevna Oʻzbekiston SSR, Qashqadaryo vil.,  Qarshi sh., Shahrisabz 185, 86 uy. yashagan.

11. Lyubimov Pavel Timofeyevich – 1924 y.da Oʻzbekiston SSR, Fargʻona viloyatida tugʻilgan. 281 polk NKVD oddiy askari. Fargʻona RVK frontga chaqirilgan.  Lyubimov P.T. 12.03.1943 g. PPG№4167 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning qarindoshlari Fargʻona viloyati, Margʻilon sh. Shosse mot. srabr., 13 uy, 13 kv yashagan.

12. Makarenko Anton Antonovich – 1914 y.da Chernigov vil., M.-Bobrovitskiy t., M.-Bobrovitsa tugʻilgan. Katta leytenant, shturman eskadrili 4 va 218 avd 459 nbap. Makarenko A.A. 12.06.1942 y.da vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Rafiqasi Belim Vera Fedorovna Toshkent sh. aviagorodok, korpus 32 14 p/o yashagan.

13. Makashov Mark – 1904 y.da Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Xovas rayoni, "Boyadi" sovxoz. 1941 y.da Xavast RVK tomonidan frontga chaqirilgan. Makashov M. 19.09.1943 y.da SPEG№3262 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning qarindoshi Makashova Turidnar (Turiznor) Xovas tumani xozirgi Sirdaryo vil.) “Boyadы" (Bogdы, Bagda) sovxozida yashagan.

14. Madaliyev Abdulxalik – 1922 yilda Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Orjonikidze tumani, “Kizilkidash” kolxozida tugʻilgan. Kuybishev RVK, Kozogʻiston SSR, Pavlodar vil. tomonidan frontga chaqirilgan. Madaliyev M. 24.03.1943 vafot etgan va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etilgan. Uning qarindoshlari "Kizilkidash" ("Kiziltash") yashashgan. Ehtimol, bu tuman Qozogʻistonga oʻtkazilgan.

15. Mironov Nikolay Trofimovich – 1910 y.da Oʻzbekiston SSR, Buxoro viloyatida tugʻilgan. Oddiy askar. Mironov N.T. 30.04.1943 yilda IG№833 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etilgan. Uning qarindoshlari Buxoro vil. Qiziltepa tumani, Bustoi s. (hozirgi Qiziltepa, Navoiy vil) istiqomat qilgan.

16. Muratov Murza Atayevich  - 1912 yilda Oʻzbekiston SSR, Chiroqchi tumani, Narchan selsovet, s. Oktyabr tugʻilgan. U 19.04.1943 y.da IG №833 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning qarindoshlari Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani s.Oktyabrda yashashgan.

17. Nuradinov Abdroxman – 1902 yilda Oʻzbekiston Andijonda tugʻilgan.  1B 3K 5 Udar Armiya oddiy askari. Andijon RVK tomonidan chaqirilgan.  Nuradinov A. 25.02.1943 yilda PPG№4169 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning qarindoshlari Andijon shahrida, Xastr-Belov koʻchasi №30da yashashgan.

18. Nurmatov Tursun (Turdi)  - 1917 y.da Oʻzbekiston SSR, Samarqand vil., Paxtakor tumani, Fulagi selsovetda tugʻilgan. 1941 yilda Paxtakor RVK tomonidan chaqirilgan. Nurmatov T. 17.09.1943 y.da SPEG №3262 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning onasi Kurbayeva Ziyet (Nurumbayeva Zizet. Ziyoda) Paxtakor tumani, Fulagi (Fulyash) selsovetida istiqomat qilgan.

19. Pushkinskiy Dmitriy Andreyevich – 1904 y.da Oʻzbekiston SSR, Fargʻona vil., Kaganovich tumani, s. Yakor tugʻilgan. Fargʻona viloyati Kaganovich RVK chaqirilgan. Pushkinskiy D.A. 03.03.1943 y.da PPG №4169 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning qarindoshlari Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumani, s Yakor (Yaypan???) yashashgan.

20. Raximov Isman – 1913 y.da Oʻzbekiston SSR, Namangan vil.da tugʻilgan. 62 gv. str. polk oddiy askari Namangan RVK chaqirilgan. Raximov I. 09.04.1943 y.da IG № 833 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Qarindoshlar haqida maʼlumot yoʻq. Namangan viloyati voyenkomati tomonidan chaqirilgan. Topilgan maʼlumotlarga koʻra: Namangan shahrida uch nafar Raximov Ismanov, 1915, 1919 va 1922 t. chaqirilgan. Faqat – Raximov Isman 1916 y. t. (02.06.1939 y. Namangan RVK chaqirilgan, Oʻzbekiston SSR, Fargʻona vil. Namangan t. Onasi Raximkulova Topa, Molotov s/s Gorkiy k-z). U  09.1941 y.dan bedarak yoʻqolganlar roʻyxati hisobida boʻlgan.  Ehtimol u oʻlimilan sal oldin asirlikdan ozod qilingan va tekshiruvdan oʻtib, 62 gv. str. polkga tushgan.

21. Sadыkov Rozik  - 1921 y.da Oʻzbekiston SSR, Andijon vil.da tugʻilgan. Oddiy askar. U 18.04.1943 y.da IG №833 gospitalda vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Qarindoshlari Andijon vil. Lenin (Asaka) t., Kujep s/s, Kaxroma k-z yashagan.

22. Sartsiyev (Matsiyev, Sariyev) Turun – 1908 y.da Qoraqalpogʻiston ASSR Chimboy sh.da tugʻilgan. 991 SP 258 SD 5 UA rota zamkom, kichik leytenant. U 17.03.1943 y.da PPG№3533 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Rafiqasi Tarabayeva Qoraqalpogʻiston, Chimbay t.Chimbay sh. Sovet koʻchasi, 15 uyda yashagan.

23. Sonayev (Sanayev) Sapar – 1914 y.da Oʻzbekiston SSR, Samarqand vil. Xatirchi tumanida tugʻilgan. Xatirchi tuman RVK chaqirilgan. U 08.07.1943 y.da IG№833 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Rafiqasi Samarqand vil. Xatirchi t. Molotov selsovetda yashagan.

24. Subixankuliyev (Subxonkuliyev, Sibixankulov, Subixankuleyev) Xudjagalet (Xudjagaleb) – 14.03.1943 y.da PPG№4167 gospitalida vafot etdi. U haqda boshqa hech qanday maʼlumot yoʻq.

25. Urozbaxtыy (Urozbaxtыn, Urazbaxtin) Digir (Dosir) – 1911 y.da Oʻzbekiston SSR, Andijon tumani, Sovuqbulaq. 12.04.1943 y.da PPG № 4169 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning qarindoshlari Sovuqbuloq ovulida yashashgan.

26. Umarov Mansur (Mashur) – 1924 y.da Oʻzbekiston SSR, Toshkent sh. tugʻilgan. Toshkent sh.  Oktyabr RVK tomonidan frontga chaqirilgan. Umarov M. 18.04.1943 y.da PPG№4169 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Onasi Umarova Shatkal Toshkent sh. Oktyabr tumani, Sakbal-Presolog k., 60 u.da yashagan. Umarov M. ismi Xotira kitobiga kiritilgan. Dogʻiston 9 jild.

27. Xaydarov Katta (Kata) - 1907 (17) y.da Oʻzbekiston SSR, Surxondaryo vil., Boysun t.da  Saran s/s, Kalinin k/z tugʻilgan. Janubiy front 295 gv. str. polk 96 gv. str. diviziya oddiy askar. Buxoro vil. Surxondaryo, Boysun RVK tomonidan chaqirilgan. U 09.08.1943 y.da EG№1584 gospitalida vafot etdi va Rostov vil. Kamenolomna p.da dafn etildi. Uning rafiqasi Tursil (Satta yoki Datta) Kalinin kolxozida yashagan.

28. Xalilov Avdskim (Obdekim, Abekim) – 1923 y.da tugʻilgan. Janubiy front 29 kav. polk oddiy askari. Namangan RVK tomonidan frontga chaqirilgan. U 15.08.1943 y.da EG№1584 gospitalida vafot etdi va Rosttov viloyati Kamenolomna p.da dafn etildi. Uning qarindoshlari: Nesterenko F. And. va otasi Vanedov A. Oʻzbekiston SSR, Namangan vil. Namangan t. Xaratun s/s, Tavrich s.da yashagan.

29. Xasanov Imash (Imamali) - 1913 y.da Oʻzbekiston SSR, Fargʻona vil. Oltin-koʻl t.da tugʻilgan, 5 Ud. Armiya oddiy askari. U 26.02.1943 y.da PPG №4169 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning qarindoshi Xasanova Yetmara Andijon vil. Oltin-koʻl t. Saroy, Andijon st., Stalin k-zda yashagan. Urushdan soʻng onasi Janbutayeva Salamat qidiruv ishlarini olib borgan.

30. Xasanov Salo - 1924 y.da Oʻzbekiston SSR, Andijon vil. Andijon t. Rabek (Xirabek) s/s, Yanikurun k. da tugʻilgan. Andijon RVK tomonidan frontga chaqirilgan. U XPPG№4169 gospitalida vafot etdi va 27.05.1943 y.da Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning qarindoshlari Xirabek, "Yanikurun" kolxozda yashagan.

Veteran Maksud Akilov
Iz lichnogo arxiva Maksuda Akilova

31. Xomatov (Xamadov, Xamatov, Xammatov) Kuchkar Xamatovich – 1913 y.da Oʻzbekiston SSR, Samarqand vil. Nurota t. Kaganovich kol. tugʻilgan. U  11.06.1943 y.da IG№833 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning rafiqasi Kaganovich kol yashagan. Hozir bu Oʻzbekiston, Navoiy vil. Nurota t.

32. Shadыev (Shadiyev, Shodiyev) Iyergat - 1921 y.da Oʻzbekiston SSR, Toshkent vil. Molotov t., Katagal s.da tugʻilgan.  60 str. polk 5 Udar Armiya oddiy askari. U 19.05.1943 y.da XPPG№4169 gospitalida vafot etdi va Rostov viloyati Shaxti shahrida dafn etildi. Uning qarindoshlari Katagal s. (Gʻalla Orol yoki Katta Kashkar) yashagan. Molotov t. Toshkent vil.

33. Shuray (Suray) Sharabo - 1921 y.da Oʻzbekiston SSR, Buxoro vil. Gʻijduvon t. Gavshun s. tugʻilgan. Gʻijduvon RVK tomonidan frontga chaqirilgan. U Rostov viloyati Shaxti sh. Ayuta x. ozod qilinishida 12.02.1943 y.da vafot etdi. Uning qarindoshlari (Ruziy T. Yoki Ruziyev) Buxoro vil.Gʻijduvon t. Gavshunda yashagan.

Mavzu:
Gʻalabaning 75 yilligi (50)

Asosiy mavzular