04:06 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Dunyoda
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (48)
478 0 0

Afgʻoniston hukumati 100 nafar tolibni 20 nafar harbiy xizmatchilariga evaziga ozod qilishni rejalashtirmoqda.

TOSHKENT, 2 apr — Sputnik. Afgʻoniston hukumati va “Tolibon*” radikal harakati vakillari asirlarning birinchi qismi bilan 2 aprel kuni almashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tolo News telekanali xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, 100 nafar toliblar jangarilari asirida boʻlgan 20 nafar mamlakat harbiylari evaziga ozod qilinadi.

Ushbu jarayonni nazorat qilish 31 martkuni Kobulga uch kishidan iborat “Tolibon*” delegatsiyasi kelgan.

Avvaliga asirlar bilan almashish 2 kun ilgari boshlanishi kutilayotgan edi, biroq tomonlarga jarayonning barcha tafsilotlarini muvofiqlashtirish uchun vaqt kerak boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, AQSH va “Tolibon”* radikal harakati 29 fevral kuni Qatarda tinchlik bitimini imzoladi. Bitim Afgʻonistondan amerika qoʻshinlari chiqarilishini hamda afgʻonlararo muloqot boshlanganligini nazarda tutadi.

Shuningdek, Kobul 5 ming nafargacha mahbus toliblarni, toliblar esa ming nafargacha afgʻon harbiylarini ozod qilishi kerak.

* Rossiyada va boshqa bir qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (48)

Asosiy mavzular