13:16 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)
392432

Epidemiya yakunlangach, xitoyliklar yana koʻrshapalaklarni isteʼmol qilishni boshladilar. Xitoy bozorlarida xalq tabobati vositalari sifatida chayon bilan birga koʻrshapalaklar sotilmoqda

TOSHKENT, 2 apr — Sputnik. Xitoy aholisi koronavirus epidemiyasi ortda qolganidan keyin koʻrshapalaklarni isteʼmol qilishga qaytdilar, deb xabar qilmoqda Daily Mail.

Xitoy bozorlarida xalq tabobati vositasi sifatida chayon bilan birga koʻrshapalaklar sotilishi boshlab yuborilgan.

Nashr muxbiri shaxsan Guylindagi odam gavjum bozorda boʻlgan. Bu yerdagi vaziyat unga epidemiyadan oldingi holatni eslatgan. Uy hayvonlarining zang bosgan qafaslarda saqlanishini, yerda esa qonga belangan hayvon tanalari sochilib yotganini koʻrish mumkin.

Bozorda "kun taomi" avvalgidek kuchuk va mushuk goʻshti. Xitoy janubidagi Dunguanda ham shunday bozor ishga tushirilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yil oxirida Uxanda yangi turdagi koronavirus epidemiyasi boshlangan edi. Keyinchalik Xitoy olimlari odamga infektsiya koʻrshapalakdan yuqtirilganini aniqlashdi. Ular Uxan goʻsht bozorida sotilgan. Mutaxassislar aynan koʻrshapalaklardan insonlarga oʻta xavfli boʻlgan oʻndan ortiq oʻlim virusini tashuvchisi yuqtirilgan, deb hisoblaydilar.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)

Asosiy mavzular