14:20 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)
113510

Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, shtatda bir sutkada koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlar soni 100 mingdan oshgan va 102 863taga yetgan, qurbonlar soni 2373dan 2935taga oshgan.

TOSHKENT, 4 apr - Sputnik. AQSH Mudofaa vazirligi hukumat iltimosnomasiga koʻra, Nyu-Yorkka dafn brigadasini yubordi, deb xabar qildi FreeTVOnline.

Brigada 42 askardan iborat, ular koronavirusdan vafot etgan odamlarni koʻmish va krematsiya qilishda yordam berishi taʼkidlanmoqda.

Qoʻshimcha armiya kuchlari boshqa regionlarga ham tashlanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha, 3 aprel kuni Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, shtatda bir sutkada koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlar soni 100 mingdan oshgan va 102 863taga yetgan, qurbonlar soni 2373dan 2935taga oshgan. 

AQShdagi epidemiya epimarkazi aynan Nyu-Yorkda kuzatilmoqda.

Gubernator shuningdek, 14 810 kishi kasalxonaga yotqizilgani, 3731 bemor jonlantirish boʻlimida yotgani va 8886tasiga kasalxonadan javob berilgani haqida maʼlum qilgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)

Asosiy mavzular