13:12 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)
1251 0 0

Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev betob emas, degan bayonot bilan chiqdi uning matbuot-kotibi Aydos Ukiboy, deb xabar bermoqda Sputnik Qozogʻiston.

TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning oʻlimi haqidagi mish-mishlar bu provokatsiya, dedi Nazarboyevning matbuot-kotibi Aydos Ukiboy.

Mejdunarodnыy valyutnыy fond
© Sputnik / Natalya Seliverstova

"Biz hech qachon mish-mishlarga izoh bermaganmiz. Ammo oxirgi vaqtlarda ayrim shaxslar mamlakatdagi vaziyatni izdan chiqarish uchun faol harakatlarni boshlab yubordi, xususan, ular Yelbasi sogʻligʻi haqida haqiqatga mutlaqo zid boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmoqdalar. Bularning barchasi - fitna va yolgʻon. Ishontirib aytamanki, Nursulton Nazarboyev butkul sogʻlom va hatto karantin sharoitida ham vatan ravnaqi uchun mehnat qilishda davom etmoqda", - degan Ukiboy.

U shuningdek, Nazarboyev 3 aprel kuni viloyat va shahar hokimlari bilan muloqot qilganini eslatib oʻtgan. Ular regionlardagi vaziyatni va qozogʻistonliklar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tayyorgarlik ishlarini muhokama qilishgan.

Shu hokimlarning har biri Yelbasi sogʻligʻi haqidagi maʼlumotni tasdiqlashi mumkin, deya ishontirgan Ukiboy.

Nazarboyevning matbuot-kotibi, barcha cheklovlar olib tashlangach, ishchi uchrashuv yoki birinchi prezident ishtirokidagi ilk majlisdan videoyozuv tayyorlab, boʻlishishga vaʼda bergan.

Maʼlum boʻlishicha, qatʼiy karantin sharoitida Yelbasining ishchi kabinetiga kirish cheklangan.

Qozogʻistonda koronavirusga chalinganlar soni 500ga yetgan, vafot etganlar soni 4 kishini tashkil qilmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)

Asosiy mavzular