13:12 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
464110

Rossiyalik epidemiolog bugungi kunda dunyoning 20 ta eng yirik ilmiy jamoalari vaktsina ishlab chiqarish boʻyicha oʻzaro musobaqaga kirishganini aytib berdi.

TOSHKENT, 6 apr - Sputnik. Kornavirusni profilaktika qilishning samarali uslubi faqat bitta dedi, Rossiya Markaziya Epidemiologiya ilmiy-tekshirish istituti ilmiy ish boʻyicha direktor oʻrinbosari, RFA aʼzosi, professor Aleksandr Gorelov. RIA Novosti xabariga asosan.  

"Infektsion kasalliklarni, jumladan COVID-19ni oldini olish uchun insoniyat hozircha vaktsinadan boʻlak hech narsa oʻylab topgani yoʻq. Vaktsina odamzodga qoʻshimcha 25 yil umr sovgʻa qilgan", - deydi epidemiolog.

Professor aytishiga qaraganda bugungi kunda mavjud boʻlgan grippga qarshi vaktsinalar koronavirusdan himoya qilmaydi. Ayni damda vaktsina ishlab chiqarish boʻyicha haqiqatdan ham musobaqa boʻlmoqda. Dunyoning 20 ta yetakchi kompaniyalari bu borada oʻz vaktsinalarini ishlab chiqishga harakat qilmoqda. Lekin ushbu jarayon oson boʻlmayapti, chunki koronavirusga sezgir boʻlgan tajriba hayvonlari topish qiyin boʻlmoqda. bu vaktsina ishlab chiqarish muddatini ortga surmoqda.

Shifokor bu borada dunyo hamjamiyati oʻz saʼy-harakatlarini birlashtirishi va oqibatda insoniyat eng samarali vaktsinadan foydalanishi tarafdori ekanini taʼkidladi. 

JSST xabariga koʻra, bugungi kunda dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 1,15 million kishiga yetgan. Undan 63 ming kishi vafot etgan. Rossiyada ayni damda qayd etilgan kasallar soni 5389 kishini tashkil qilmoqda. Ulardan 3900 ga yaqini Moskvada qayd etilgan. Oʻzbekistonda COVID-19 ga chalinganlar soni 390 kishini tashkl qilmoqda. 

Asosiy mavzular