"Azaliy orzu": Qozog‘istonda erkak va ayollar sochini “kal”ga olmoqda - foto

Obuna bo‘lish
Koronavirus epidemiyasi tufayli qozog‘istonliklar ommaviy ravishda sochlarini “kal” qilib olmoqda. Bu haqda ko‘plab suratlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lmoqda.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Qozog‘istonda yangi turmak ommalashmoqda: koronavirus tufayli izolyatsiyada qolganlar sochini “kal” qilib olmoqda. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

Xitoyda epidemiya avj olgan vaqtda shifokorlar gigiyenaga osonroq rioya qilish uchun sochlarini “kal” qilib olishdi.

Bundan qarorga kelgan ayrimlarning so‘zlariga ko‘ra, anchadan beri bu niyatni amalga oshirishni rejalashtirishgan. Ustiga ustak, sartaroshxonalar ishlamayapti, qachon ochilishi noma’lum.

Qozog‘istonda 16-martda favqulodda vaziyat e’lon qilindi. 19-martdan boshlab Olma-ota va Nur-sulton karantinga yopildi.

Birinchilardan bo‘lib Eurasian Resources Group kompaniyasi rahbarlardan biri Fatima Kosayeva sochlari bilan xayrlashga qaror qildi. Soch olishni u turmush o‘rtog‘iga ishondi. Uning surati tarmoqda 27-mart kuni paydo bo‘ldi.

Shu kuning o‘zida bloger Yerlan Sakenov o‘zining yangi turmagini namoyish qildi.

Kiberhujumlarni tergov va tahlil qilish markazi prezidenti O‘ljas Satiyev esa “azaliy orzusi”ga erishganini ma’lum qildi.

Biznesmen Alisher Yelikbayev ham bu “fleshmob”ga qo‘shilib, internetga video joylashtirdi.

Yangiliklar lentasi
0