03:52 28 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
97410

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Dushanbe meri Rustam Emomali poytaxtdagi uchta boqqa tashrif buyurdi va ularni obodonlashtirish boʻyicha topshiriqlar berdi.

TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Dushanbe meri Rustam Emomali poytaxtning qator bogʻlarga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Prezident Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmon i mer goroda Dushanbe Rustam Emomali
Prezident Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmon i mer goroda Dushanbe Rustam Emomali

Dastlab ular Axmad Donish nomidagi boqqa kelishdi. Bogʻni obodonlashtirish maqsadida millionga yaqin lolalar ekilgan.  

Mamlakat rahbari tashrif davomida noyob dekorativ gullar va daraxtlar oʻstirish va parvarishlash ishlari bilan tanishdi.

Prezident Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmon
Prezident Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmon

Bogʻda favvoralar, gulchambarlar bilan bezatilgan yoʻlakchalar, rang-barang chiroqlar, skameykalar, inson salomatligi uchun foydali boʻlgan noyob daraxtlar ekilgan.

Bundan tashqari, Emomali Rahmon oʻgʻli bilan Buyuk Kir parkiga kelishdi. Uning hududida mini-futbol, tennis kort, sport maydoni tashkil etilgan.

Prezident Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmon i mer goroda Dushanbe Rustam Emomali
Prezident Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmon i mer goroda Dushanbe Rustam Emomali

Bogʻ ishchilari tomonidan bu mavsumda 26 turdagi 552 ming dona lola ekilgan.

Shuningdek, mamlakat rahbariyati “Navroʻzgoh” parkiga ham tashrif buyurdi. U yerda koʻplab noyob daraxtlar, 5 ming turli lola, olxoʻri, gilos va magnoliya koʻchatlari ekilgan.

Prezident Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmon i mer goroda Dushanbe Rustam Emomali
Prezident Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmon i mer goroda Dushanbe Rustam Emomali

Taʼkidlanishicha, katta goʻzal sharshara va favvoralar “Navroʻzgoh” parkining asosiy bezagi hisoblanadi.

Prezident Emomali Rahmon poytaxt bogʻlari bilan tanishgandan soʻng, koʻcha va xiyobonlarni, shuningdek, dam olish maskanlarini obodonlashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Asosiy mavzular