14:47 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
1040 0 0

Tojikiston hukumati gidroelektrostantsiya qurilishini davom ettirish uchun eng past foiz stavkalari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya yoki kredit jalb qilishni rejalashtirmoqda

TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Tojikiston hukumati Rogʻun gidroelektrostantsiya qurilishi kelgusi loyihalarini moliyalashtirish uchun qoʻshimcha manbalarni izlamoqda. Bu haqda "Avesta" nashri xabar qildi.

GES qurilishini davom ettirish uchun eng past foiz stavkalari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya yoki kredit mablagʻlarini jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Ayni vaqtda Yevropa, xususan Avstriya va Germaniya kompaniyalari bilan faol muzokaralar olib borilmoqda.

Fevral oyida matbuot anjumanda Tojikiston moliya vaziri Fayziddin Kaxxorzoda Rogʻun GESini qurish loyihasi qoʻshimcha mablagʻ talab etayotganiga qaramay, yangi yevrobondlarni chiqarish masalasi hali muhokama qilinmaganligini aytgandi.

Eslatib oʻtamiz, respublika loyiha uchun yevrobondlarni sotish yoʻli bilan 500 million dollar jalb qilgan. Moliya vazirligi rahbarining soʻzlariga koʻra, Rogʻun GESi kabi yirik obʼyektni faqat byudjet mablagʻlari hisobiga qurish mumkin emas.

Avvalroq Tojikiston va Ukraina “Rogʻun” uchun toʻrtta agregat yetkazib berish borasida muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgan edi. Hozir davlatlar birliklarga agregatlar buyurtma berish boʻyicha hamkorlikning turli xil variantlari va usullarini muhokama qilmoqdalar.

Asosiy mavzular