13:53 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)
54210

Eronda masjid niqob tikish fabrikasiga aylantirildi. Hukumat koronavirus infektsiyasidan himoya vositalariga talab oshgani sababli bunday qarorga keldi.

TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Eronda mashhur Shoh-Cherax masjidi niqob tikish fabrikasiga vaqtincha aylantirildi. Bu haqda Iran Front Page nashri xabar qildi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli masjid uzoq vaqt yopiq boʻlgan. Hukumat koronavirus infektsiyasidan himoya vositalariga talab oshgani tufayli bunday qarorga keldi.

Masjidga stol va tikuv mashinalari oʻrnatildi. Niqoblarni tayyorlash ishlariga  “Basij” harakati faollari jalb qilindi. Ayollar bu yerda ikki hafta davomida mehnat qilayotgani maʼlum boʻldi.

Masjidning boshqa binosida rezina qoʻlqoplarni tayyorlash boʻyicha kichik tsex tashkil qilindi.

Bugungi kunda Eronda 58 mingdan ortiq kishi bu virusga chalingan, 3603 kishi vafot etgan.

 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)

Asosiy mavzular