19:31 25 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (863)
33810

Xitoy hukumati 2,5 oy davomida tashqi dunyo bilan aloqasi uzilgan Uxan shahridan chiqish yoʻlini ochishga qaror qildi.

TOSHKENT, 8 apr - Sputnik. Xitoy hukumati 2,5 oy davomida tashqi dunyo bilan aloqasi uzilgan, koronavirus infektsiyasining tarqalishi boshlangan Uxan shahridan chiqish yoʻlini ochdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

8 aprelga oʻtar kechasi Uxan shahridan chiqadigan yoʻllar ochildi. Hukumat bir kun oldin 8 aprel kuni shahardan karantinni olib tashlash va sogʻlom fuqarolarga uni tark etishni ruxsat berish rejalari haqida eʼlon qildi.

Shuningdek, 8 apreldan boshlab shahardan olib chiquvchi temir yoʻl aloqasi ham ochiladi - 28 martdan boshlab kirish uchun ochilgan, aviaqatnovlar ham qisman tiklanadi.

Yangi COVID-19 koronavirusining tarqalishi birinchi bor 2019 yil 31-dekabrda Xitoyning Xubey provintsiyasi, Uxan shahrida boshlandi. 23 yanvardan boshlab 76 kun davomida shahar tashqi dunyodan butunlay uzildi: transport qatnovlari, shu jumladan metro, avtobuslar, paromlar toʻxtatildi, avtobuslar va suv transporti shaharga kiritilmay qoʻydi, aeroport va temir yoʻl vokzallari ishlamay qoʻydi, aholiga uni maxsus ruxsatsiz tark etish taqiqlandi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (863)

Asosiy mavzular