14:00 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
48710

Afgʻoniston hukumati prezident farmoniga koʻra qamoqxonalardan birinchi guruhi - 100 nafar “Tolibon” aʼzolarini ozod qildi.

TOSHKENT, 9 apr — Sputnik. Afgʻoniston hukumati 100 nafar “Tolibon”* aʼzolarini ozod qildi.

TOLOnews xabar qilishicha, mamlakat prezidenti Ashraf Gʻanining farmoniga asosan hukumat “Tolibon” harakati aʼzolarini ozod qildi.

Ozod qilishda ularning yoshi, sogʻligʻi va jazoni oʻtash muddati inobatga olindi.

Ozod qilinganlar roʻyxati avval “Tolibon” va Afgʻoniston hukumati vakillari uchrashuvida muhokama qilingan.

Eslatib oʻtamiz, fevral oyi oxirida Qatarda AQSH va “Tolibon” tinchlik bitimini imzolashgandi. Bu bitimi Afgʻonistondan xorijiy qoʻshinlarini olib chiqish va afgʻonlararo muzokaralar boshlanishini koʻzda tutadi.

“Tolibon” aʼzolarining asirlar va ozodlikdan mahrum etilgandan soʻng bu muzokaralar boshlanishi kerak.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Asosiy mavzular