13:31 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1170)
366834

Janubiy Koreya va Tailandda sogʻaygan kishilarda koronavirus qayta paydo boʻlishi holatlari aniqlandi. Ushbu holatlar boʻyicha tadqiqot boshlandi.

TOSHKENT, 9 apr — Sputnik. Koronavirus yangi shtammi sogʻaygan odamlarda qayta paydo boʻlishi mumkin, deb xabar qildi Bloomberg Janubiy Koreyadagi kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markaziga asosan.

Markazning rasmiy maʼlumotlariga koʻra, koronavirusdan tuzalgan 50 nafardan ortiq kishi qayta test topshirdi va ularda ijobiy natija koʻrsatdi.

Markaz rahbari Chon In Ken fikriga koʻra, katta ehtimollik bilan koronavirus bemorlar qayta yuqtirilmagan, virus "qayta faollashgan".

“Biz ehtimoliy sabab sifatida virus "reaktivatsiya"siga katta ahamiyat bermoqdamiz, shuning uchun bu masala boʻyicha har tomonlama tadqiqot olib bormoqdamiz”, - dedi mutaxassis.

Davolanish paytida bemorda salbiy natija qayd etilgan holatlar boʻlganligini, ertasi kuni esa ijobiy testlar olgan. Taʼkidlanishicha, agar 24 soat farq bilan oʻtkazilgan ikkita test salbiy boʻlsa, odam koronavirusdan toʻliq tiklangan deb hisoblanadi.

Janubiy Koreya koronavirus tarqalishi avj olgan ilk davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda 10 ming bemor qayd etilgan, 200 kishi vafot etgan. Epidemiyani toʻxtatish maqsadida Janubiy Koreya hukumati dunyoda eng katta aholini testdan oʻtkazish dasturini oʻtkazdi.

Bugun Tailandda koronavirusni qayta yuqtirish holati qayd etilgani maʼlum boʻldi. "Txai Rat" gazetasi tailandlik ayol sogʻayib, shifoxadan javob olganidan soʻng qayta koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgani haqida xabar berdi.

Bu ayol xorijdan Tailandga mart oyi boshida qaytgan, 12 mart kuni kasal boʻldi va Bangkokda shifokorga murojaat qildi. Uning testi ijobiy natija koʻrsatdi. Bemor ikki hafta davomida davolandi, uch marta oʻtkazilgan test salbiy natijasidan keyin shifoxonadan javob berildi.

4 aprel kuni ayol shamollash alomatlari bilan shifokorga murojaat etdi. Koronavirusga uch martalik test ijobiy natijani koʻrsatdi, ayol shifoxonada qayta davolanish uchun yotqizildi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1170)

Asosiy mavzular