12:43 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)
90103

Monarx qarindoshlariga xizmat koʻrsatadigan Qirol Feysal nomidagi kasalxonada 500 VIP-oʻrinlar band qilinganligi aytilmoqda.

TOSHKENT, 9 apr — Sputnik. Saudiya Arabistonida qirollik oilasining 150 nafarcha aʼzosi koronavirusga chalinganligi taxmin qilinmoqda. Bu haqda The New York Times nashri qirollik oilasiga yaqin manbaga tayangan holda xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, qirollik sulolasi roʻyxatdan oʻtkazilgan Qirol Feysal nomidagi kasalxonada hozirda 500ta VIP-oʻrindar tayyorlab qoʻyilgan.

Nashr xabariga koʻra, Ar-Riyod gubernatori lavozimini egallab turgan shahzodalardan biri hozirda jonlantirish boʻlimida.

Taʼkidlab oʻtamiz, Saudiya Arabistoni qiroli hozirda 84 yoshda. Qirol Qizil dengizdagi orolda joylashgan saroyda oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish qarorini qabul qilgan.

Merosxoʻr shahzoda Muhammad ibn Salmon Al Saud va barcha vazirlar ham "samoizolyatsiyada".

Qirollikning barcha yirik shaharlari karantinga olingan, uydan faqatgina oziq-ovqat yoki tibbiy yordam kerak boʻlganida chiqish mumkin.

Ayni vaqtda, Saudiya Arabistonida yangi turdagi COVID-19 koronavirusiga chalinganlar soni 2,9 mingdan oshgan, 41 kishi vafot etgan.

Butun dunyoda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1,5 million kishidan oshdi, 88 mingga yaqin inson pandemiya qurboniga aylangan, 332 mingdan ziyodi sogʻaygan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)

Asosiy mavzular