13:34 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
334 0 0

Payshanba kuni boʻlib oʻtgan oʻn soatlik muzokaralar natijasi boʻyicha OPEK+ bu shartlarga rozi boʻlmagan Meksika kelishilgan kvotalarni bajarishga majbur degan shart bilan hamkorlik deklaratsiyasini qabul qildi

TOSHKENT, 10 apr - Sputnik. OPEK+ ishtirokchilari may-iyun oylarida ishlab chiqarishni kuniga oʻn million barrelga qisqartirish majburiyatini oʻz zimmalariga oldi, ammo bitim kuchga kirishi uchun Meksikaning roziligi talab qilinadi, deb habar berishdi RIA Novostiga Ozarbayjon Energetika vazirligida.

Payshanba kuni boʻlib oʻtgan oʻn soatlik muzokaralar natijasi boʻyicha OPEK+ bu shartlarga rozi boʻlmagan Meksika kelishilgan kvotalarni bajarishga majbur degan shart bilan hamkorlik deklaratsiyasini qabul qildi.

"Ushbu bosqichda OPEK davlatlari uchun ishlab chiqarish majburiyatlari kuniga 6,085 million barrelni va OPEKdan tashqaridagi davlatlar uchun kuniga 3,915 million barrelni tashkil etdi", - deya bitim tafsilotlari oshkor qildi Ozarbayjon Energetika vazirligi.

Yilning qolgan qismida ishlab chiqarishning umumiy pasayishi sakkiz million barrelni tashkil etadi, yaʼni 2018 yil oktyabr oyiga nisbatan 18%. 2021 yil yanvaridan 2022 yil aprelgacha OPEK + ishlab chiqarishni olti million barrelga qisqartirish majburiyatini olgan, bu 2018 yil oktyabr oyiga nisbatan 14% tashkil etadi.

Uchrashuvning yakuniy bayonotidan kelib chiqqan holda, Rossiya va Saudiya Arabistoni OPEK+ yangi kelishuvining may oyidan iyun oyi oxirigacha amalga oshirilganida, kuniga 8,5 million barreldan koʻp boʻlmagan neft hajmini qazib olishga majbur boʻladi.

RIA Novosti manbalarining xabar berishicha, Meksika va OPEK+ boshqa ishtirokchilari yangi kelishuv boʻyicha ishlab chiqarishni qisqartirish xisobi bazaviy darajalari boʻyicha bir-birlari bilan kelisha olmadi. Ushbu mamlakat hukumati ishlab chiqarishni 2018 yil oktyabr oyi hisobidan kelib chiqib kuniga 400 ming barrelga qisqartirishga qaratilgan OPEK + bitimining uch bosqichli kvotasiga rozi boʻlmaganlar va ishlab chiqarishni atigi 100 ming barrelga qisqartirishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

Muhokama juma kuni G20 formati asosida davom etadi.

OPEK+ davlatlari 6 martdagi neft qazib olishni qisqartirish uchun bitim parametrlarini oʻzgartirish va kelishuvni uzaytirish boʻyicha kelisha olmadilar. Natijada, 1-apreldan oldingi alyansga aʼzo mamlakatlarda qazib olish boʻyicha cheklovlar yoʻq boʻldi. Bu koronavirus pandemiyasi bilan bir qatorda, neft bozorida inqirozga olib keldi.

Asosiy mavzular