06:30 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
1353 0 0

Rossiyalik "Pittsburg" forvardi Yevgeniy Malkin instagram orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirda koronavirus pandemiyasi haqida toʻxtaldi.

TOSHKENT, 10 apr — Sputnik. Rossiyalik "Pittsburg" forvardi Yevgeniy Malkin instagram orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirda koronavirus pandemiyasiga toʻxtaldi.

Xokkeychining soʻzlariga koʻra, Nyu-York kasallikning epimarkazi boʻldi.

“Hozir Nyu-Yorkda haqiqiy ofat. Juda kichik boʻlgan Manxettenda million kishi istiqomat qiladi. Hamma narsa bir nuqtada siqilgan. Jasadlar u yerda, hatto Markaziy parkka ham olib kelinganini eshitdim. Baʼzi odamlar buni koʻrib, ishonishmayapti, bu feyk va yangilikdagi aktyorlar deb oʻylashmoqda. Doʻstlarim u yerga koʻchaga chiqmayapti. Hamma narsa bizga yangiliklar orqali bilmoqdamiz. Jasadlar bir-birining ustiga taxlashganini koʻrganingizda - bu endi kulgili emas, bu dahshat va katta fojia”, - deydi sportchi.

Malkin pandemiyadan soʻng dunyo oʻzgarishini taʼkidladi. Yuzaga kelgan vaziyat iqtisodiyot va maoshlarga oʻz taʼsirini koʻrsatadi.

“Shubhasiz, koʻp odamlar pul yoʻqotadi. Koronavirusdan keyin iqtisodiyotda qiyin vaziyat boʻladi. Umid qilamanki, barcha davlatlar kichik va oʻrta biznesga yordam berish uchun yoʻlini topadi. Biz ham pulni yoʻqotmoqdamiz. Hali maosh qisqartirilmadi, ammo bu qanchalik tezroq oʻynashni boshlashimizga bogʻliq”, - deb qoʻshimcha qildi Malkin.

COVID-19 koronavirus infektsiyasi pandemiyasi deyarli butun dunyoni qamrab oldi. BSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, 1,4 milliondan ziyod kishi virusga chalindi, sal kam 86 ming kishi vafot etdi.  Eng koʻp AQShda – 400 ming kishi koronavirusni yuqtirdi.

Asosiy mavzular