07:03 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)
546645

Qozogʻiston yetakchi infektsionisti professor Dinagul Bayesheva koronavirus epidemiyasi Tojikiston va Turkmanistonga kelishini aytmoqda

TOSHKENT, 10 apr — Sputnik. Turkmaniston va Tojikiston yangi koronavirus tarqalishi jarayoniga jalb etiladi, ammo sal keyin, deb hisoblaydi Qozogʻistonning yetakchi infektsionisti Dinagul Bayesheva.

Ayni vaqtda, turkman hukumati rasmiy xabarlariga koʻra, mamlakatda yangi turdagi koronavirus bilan bemorlanish holatlari qayd etilmagan. Tojikistonda ham BSSTning mamlakatdagi vakili soʻzlariga koʻra, COVID-19ni yuqtirganlik holatlari qayd etilmagan.

"Hammasi ushbu mamlakatning muammoga munosabati va odamlarning intizomliligiga, ular barcha tavsiyalarga qanchalik amal qilishlariga bogʻliq. Lekin, hali kech emas. Xitoyda virus avj olganida, koʻpchilik, Qozogʻistonda ham epidemiya yuz beradi, deb hisoblagan edi, ammo, koʻrib turganingizdek, infektsiya bizga Xitoydan emas, balki Yevropadan kirib keldi.

Xuddi shu singari Turkmaniston va Tojikiston ham ushbu epidemik jarayonga jalb etiladi, ammo Yevropa davlatlaridan biroz kechroq", - dedi Bayesheva RIA Novostiga bergan intervyusida.

Ekspert soʻzlariga koʻra, koronavirus tarqalishi holatida "aholining oʻzini tutishi omillari katta ahmiyatga ega".

"Birinchidan, masofalanish katta ahamiyatga ega, hatto chegaralarni yopmaslik mumkin, agar aholi ushbu tamoyillarga amal qiladigan boʻlsa. Misol uchun, Yaponiyada chegaralar yopilmadi, qandaydir alohida choralar ham koʻrilgan emas, lekin ularda bemorlanish va oʻlim darajasi boshqa davlatlardagiga nisbatan ancha past. Ularda niqob taqish, masofalanish odat tusiga kirgan va ular koʻp vaqtlarini bir-biridan izolyatsiyalangan holda oʻtkazadilar, ularda izolyatsiyalanish koʻproq kuzatiladi", - dedi Bayeshayeva.

Ekspert shuningdek, koronavirus qayd etilmagan davlatlar katta miqdorda odamlar toʻplanadigan tadbirlarni oʻtkazishdan saqlanishi kerak, deydi.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirusi infektsiyasi tarqalishini pandemiya, deb eʼlon qilgan edi. 9 aprel kungi maʼlumotlarga binoan, dunyoda koronavirusni yuqtirganlar soni 1,5 millionga yetgan, virus 209 mamlakat va mustaqil hududlarga kirib borgan, koronavirus 89,4 ming kishi koronavirus qurboniga aylangan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)

Asosiy mavzular