14:39 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
704 0 0

Koʻchmanchi moʻgʻullar oʻtovlari, staroobryadchilar rang-barang uylari, Baykal boʻyidagi dagʻal monastir - Buryatiyada bularning hammasi sayyohlar uchun ochiq.

Yoʻlboshchi yuzlab yillar oldin odamlar qanday yashagani haqida gapirganda, odatda, koʻz oldingizda oʻtmishning yorqin lavhalari paydo boʻladi. Qaniydi shularni oʻz koʻzim bilan koʻrsam, deb oʻylaydi kishi. Buryatiyada esa oʻtmish haqiqatda koʻz oldingizda paydo boʻladi. RIA Novosti muallifi Irina Ovchinnikova materialida.

Nega lama qush kabi uchmaydi?

"Sen atigi 75 yil umr koʻrasan, uzaytirishin kerak, - deydi Atsagat datsanilik Tarba Lama Dorjiyev. - Oʻrmonga bor, chumolilarni qora non ber". Uning ohangida aniqlik sezilmaydi.

© Sputnik / Irina Ovchinnikova
Tarba Lama Dorjiyev

Uning soʻzlariga koʻra, menga oʻhshagan, aniq soʻrovlarlari yoʻqlari kam. Kvartirani qayerdan sotib olishni soʻrashadi, toʻydan oldin ularga maslahat olishadi  - mosligini tekshiradilar. Soʻnggi paytlarda tobora koʻproq rus ayollari, musulmonlar kelmoqda.

 "Buddizm bu din emas, balki taʼlimot, shuning uchun bunda ishonishlik majbur emas, - deya tushuntiradi Dorjiyev. - Men doim aytaman: quyosh hammaga bir xil nur sochadi".

Svyaщennыe barabanы okolo Etigele Xambo Lamыn ordon (dvortsa Xambo Lamы Itigelova), gde xranitsya netlennoye telo XII xambo-lamы Dashi-Dorjo Itigelova. Ivolginskiy datsan - tsentr Buddiyskoy traditsionnoy Sangxi Rossii, yavlyayuщeysya naiboleye krupnoy buddiyskoy obщinoy Buryatii.
© Sputnik / Vladimir Pesnya
Xambo Lama saroyi oldidagi muqaddas nogʻoralar

Lama-faylasuf sifatida (ular tabib, munajjim, tasviriy sanʼatda mahsus bilmga ixtisoslashgan boʻladilar) u maʼruzalar oʻqiydi. "Mendan gʻayritabiiy biror narsa koʻrsatishni soʻrashadi, hamma moʻʼjiza istaydi, ular boʻlmaydiku. Ustiga ustak, men uchib ketsam, bundan barcha qoʻrqib ketardi», - deya qoʻshib qoʻydi Dorjiyev mugʻombirona tabassum bilan.

Moʻgʻullar sovgʻasi

Atsagat datsani - Buddist universiteti-monastiri - mamlakatdagi eng qadimiylaridan biri. Aytishlaricha, unga boʻlajak imperator Nikolay II Buryatiyaga kelganida tashrif buyurgan.

© Sputnik / Irina Ovchinnikova
Ekskursovod v dome-muzeye Agvana Dorjiyeva

Norin-Atsagat qishlogʻida yana bir diqqatga sazovor joy bor - Tibetning diniy va dunyoviy yetakchisi Dalay-lama XIII ning (1876–1933) yettita ustozidan biri boʻlgan Agvan Dorjiyevning uy-muzeyi. Koʻrimsiz kulba bu yerda boʻlgan barcha buddistlarni hijolatga soladigan narsani yashiradi. Dorjiyev va uning shogirdining mum haykalidan tashqari Dalay-lama XIV haykali ham bor.

© Sputnik / Vladimir Pesnia
Buddiyskiy monastыrskiy kompleks Ivolginskiy datsan v Buryatii

Hali tirik bunday tarzda tasvirlash mumkin emas, ammo Mongoliyadagi yosh ustalar Dalay-Lamalar bittadan koʻp deb oʻylamaganlar. Va ular oʻzlari taniganini - hozirgi kunda tirigini haykalini yasadilar.

DORJIYEV DIPLOMAT, USTOZ, JAMIYAT ARBOBI. BUNDAN TASHQARI U SANKT-PETERBURGDA YEVROPADAGI BIRINCHI BUDDISTLAR IBODATHONASINI QURILISHINING TASHABBUSKORI.

 "Bir safar Sankt-Peterburg maktablari direktorlari kelganida men ularga datsan Malaya Nevka daryosi sohilida joylashganini aytdim. Ular - u yerda daryo yoʻq, metro bor! – deb eslaydi yoʻlboshchi Irdыni Dara Batmayevna. - Keyin men oʻzim borib, ishonch hosil qildim - chindan ham daryo yoʻq".

Oʻtovdagi kommunizm

"Havoga zanjirni tashlab, havodaligida uyumdan iloji boricha koʻproq alchiklarni (suyaklarni) oʻzingizga siljitishingiz kerak. Eplay olmadizmi? Bir poda qoʻy yutqazdim hisoblayvering”, - deb stol oʻyini qoidalarini tushuntiradi yoʻlboshchi etnik majmuada.

© Sputnik / Irina Ovchinnikova
Etnokompleks "Stepnoy kochevnik"

"Choʻl koʻchmanchisi" da (Atsagatdan oʻn daqiqalik masofada) moʻgʻullarning qanday yashaganini koʻrish va milliy kiyimlarni kiyib koʻrish mumkin. Oʻtov ichida huddi birov yashayotganday va egalari bir ozga tashqariga chiqqanday. Markazda oʻchoq, chap yarmi odatda ayollarniki, oʻng yarmi erkaklarniki  va ikki boʻlak birlashgan joyida ibodat joyi. Har bir mehmon kirishi bilan u yerga darhol oʻtishi kerak.

© Sputnik / Irina Ovchinnikova
V etnokomplekse "Stepnoy kochevnik"

Biz buryatga aylanamiz - biz "Yoxor" halq raqsiga qoʻshiqlar bilan raqsga tushamiz. Soʻzlarni tushunib boʻlmaydi, lekin quvnoqqa oʻhshaydi, bir necha bor "Komsomol" va, ehtimol, "elektrifikatsiya" soʻzlari quloqqa chalinganday eshitiladi. Men hazillashyapsizmi deb soʻrayman? Yoʻq, deydi ular, bu haqiqat, sovet davridan shunday milliy qoʻshiq.

© Sputnik / Irina Ovchinnikova
Xrebtovыe kosti dlya traditsionnыx buryatskix igr

XX asr boshlarida choʻl koʻchmanchilari makon topib, kulbalarda yashay boshladilar. Oddiygina, faqat pechka, oʻtovdagi kabi oʻrtada.

Rossiyadagi Tibet buddizmi

Rossiyaning Buddist anʼanaviy Sangxasining asosiy datsani - Ivolginskiy - Buryatiya poytaxti Ulan-Ude shahridan 30 kilometr narida joylashgan. Bu yerda oʻnga yaqin ibodathona bor. Har birining ichida – qator-qator ustunlar bor zallar, tomlari xitoycha uslubda egilgan. Garchi Buryatiyada buddizm boshqacha, Osmonosti davlat (Xitoy), Tayland yoki Vyetnamdegiga oʻxshamaydi. Bu "sariq rangli" deb nomlanadigan oʻziga hos Tibet anʼanasi. Unda alohida eʼtibor odob-axloq, monaxlik intizomi va falsafaga qaratilgan.

© Sputnik / Irina Ovchinnikova
Zdaniye na territorii Ivolginskogo datsana

ibodatxonalarning birida Xambo-lama Itigelovning boqiy tanasi saqlanadi. Afsonaga koʻra, 1927 yilda Sharqiy Sibir buddistlarining rahnamosi nirvanaga choʻkdi. Endilikda minglab dindorlar uning oldiga soʻrash uchun va, asosiysi, eng muhim ishlar haqida bilish uchun kelishadi. Javob yuzning deyarli sezilmaydigan harakati boʻladi, deb hisoblanadi. Hech kim ular koʻrgan narsalar haqida gapira olmaydi - tabassum yoki qoshlarining izn bermaydigan harakati.

Monax u vxoda v Etigele Xambo Lamыn ordon (dvorets Xambo Lamы Itigelova), gde xranitsya netlennoye telo XII xambo-lamы Dashi-Dorjo Itigelova. Ivolginskiy datsan - tsentr Buddiyskoy traditsionnoy Sangxi Rossii, yavlyayuщeysya naiboleye krupnoy buddiyskoy obщinoy Buryatii.
© Sputnik / Vladimir Pesnya
Xambo Lama saroyi oldidagi yosh ruhoniy

Oʻzi bilan oʻzi

"Yana men shunday zamonlar shohidi boʻlganmanki, oilalilarning uyiga kirib, bir krujka suv soʻraysiz, ichib boʻlib va panjaradan chiqishingiz bilanoq idishning sinishi ovozi eshitiladi. Ular begonalardan keyin idishni yuvishmagan - kasalliklardan juda qoʻrqishgan", - deydi Valentin, mahalliy sayyohlik agentligi xodimi, Tarbagatayga - staroobryadchilar qishlogʻiga yoʻl-yoʻlakay ketayotib.

© Sputnik / Irina Ovchinnikova
Tarbagatay qishlogʻidagi staroobryadchilar cherkovi

Oilalilar (semeyskiye) deb, XVIII asrda, Rech Pospolitaya parchalanishidan keyin, Zabaykalyega koʻchirilib kelganlarni nomlangan (ular katta oila boʻlib kelishgan).

 "Parchalanishdan keyin yuz yil, biz Polshada boʻldik, ammo Yekaterina II bizni uzoq oʻlkaga yuborishga qaror qildi, - deb cherkov ruhoniy Sergiy ota bizni kutib oldi. - Keyin yaxshi yashadik, inqilobdan oldin qishloqda beshta cherkov va sobor bor edi. Unda 1934 yildan hozirgi kungacha kasalxona joylashgan".

© Sputnik / Irina Ovchinnikova
Tarbagatay qishlogʻi cherkovi ruhoniysi Sergiy

U ikki barmoqli va uch barmoqli choʻqinishni, sakkiz qirrali xochlarni tushuntiradi, qoʻlyozma kitoblarni koʻrsatadi. U qatʼiy ravishda: "Bizda ruhoniylarga ruxsat etilmagan narsa juda koʻp, aks holda inoyat yoʻqoladi".

Ammo uning tashabbusi bilan tashkil etilgan tarix va madaniyat muzeyida Sergiy ota eksponatlarning suratga olishni soʻraydi, 300 yillik shamolchilar va urugʻ ekuvchilarni, shuningdek, mahalliylarning kiyimlarini gʻurur bilan namoyish etadi. Ular juda yaxshi saqlangan, ranglari juda yorqin - bu matolar Xitoydan yaqin atrofda oʻtgan savdo yoʻli orqali keltirilgan. Darhaqiqat, bu yerdagilar, yuqori did bilan yaxshi yashashgan.

Staroobryadchi bilan turmush qurish

"Bizda toʻyga mehmonlar chaqirilmagan, yosh kelin-kuyov uyma-uy shirinliklar tarqatib yurishgan, - deb soʻzlab beradilar Desyatnikovo qishlogʻidagi «V gostyax u semeyskix» markazida. – Shuning uchun, qoʻshnilar tugashi bilan bayram ham tugardi".

© Sputnik / Irina Ovchinnikova
Desyatnikovo qishlogʻidagi staroobryadchilar

Bu yerda, haqiqiy hovlida, mahalliy staroobryadchilar qanday yashaganliklari (va yashashni davom ettirayotgan) namoyish etiladi. Ammo endi anʼanaviy toʻylar yoʻq, yoshlar shaharlarga ketib qolyaptilar. Qariyalar esa Polshada yashagan ota-bobolarining qoʻshiqlarini kuylashadi, sayyohlar uchun marosimlarni namoyish qiladilar, pechda yoki ochiq olovda pishirilgan taomlar bilan mehmon qilishadi.

© Sputnik / Irina Ovchinnikova
Tarbagatay qishlogʻidagi "toʻy marosimi" tomoshasi

Shuningdek suyuq holva taklif qiladilar – nonga murabboni surtish kabi juda qulay. Qadimgi retsept uzoq vaqtdan beri qoʻllanilmaydi - doʻkonda sotib olinadi. Faqat suv hammomida eritib, asal qoʻshib qoʻyish kifoya. Desyatnikovo Buryatiyaning eng goʻzal qishlogʻi hisoblanadi va koʻpincha Rossiyaning shunga oʻxshash reytinglariga kiradi. Ammo rang-barang boʻyalgan rom chaspagli kulbalar tez orada yoʻq boʻlib ketishi mumkin.

© Sputnik / Irina Ovchinnikova
Dom v sele Desyatnikovo

 "Tobora koʻproq odamlar uy fasadlarini plastik bilan qoplashmoqda - ularni yilda ikki marta boʻyash shart emas, chunki bizda hammasi quyoshda tez oʻngib ketadi, -  deydi Lyubov Plastinina, staroobryadchilar markazi rahbari. - Soʻnggi oʻn yil davomida men hokimiyatdan boʻyoqlar taqdim qilishlarini soʻrab kelaman, hozircha natija yoʻq".

© Sputnik / Irina Ovchinnikova
Tarbagatay qishlogʻidagi Staroobryadchilar urf-odatlari muzeyi

Uning soʻzlariga koʻra, pandemiyadan oldin koʻproq xitoyliklar, koʻplab nemislar, yaponiyaliklar Desyatnikovoda anʼanaviy turmush tarzini koʻrgani kelardi. Rossiyaliklar - 20% atrofida.

Doimiylik shamoli

Baykal koʻlining sharqiy qirgʻogʻida kamida yana bitta nuqta bor, u yerda oʻtmishga yana bir bor nazar tashlash mumkin. 1682 yildan beri rus elchixonasi aʼzolarining mahalliy moʻgʻullar tomonidan oʻldirilgan joyida Posolskiy Spaso-Preobrajenskiy monastiri joylashgan.

© Sputnik / Irina Ovchinnikova
Posolskiy monastыr na beregu Baykala

Cherkovda Choʻqintiruvchi Avliyo Ioann, Nikolay Sehrgar va boshqalarning qoldiqlari solingan quti bor - bu keksa italiyalik ayolning sovgʻasi. «U nega bizga bunchalik eʼtibor qaratishga qaror qilganini tushunmayman,-deydi Luka ota. - Aytishlaricha, uning oʻgʻli diplomat, bizning esa ushbu faoliyatga aloqamiz bor".

© Sputnik / Irina Ovchinnikova
Dom v sele Atsagat, Buryatiya

Ziyoratchilar uchun mehmonxona ham mavjud. Lekin odamlar bu yerga asosan yozda - shamol unchalik kuchli va sovuq boʻlmaganda keladilar.

* Materialni tayyorlashda yordam bergani uchun Buryatiya Respublikasi Axborot siyosati qoʻmitasiga minnatdorchilik bildiramiz.

Asosiy mavzular