17:58 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (51)
36110

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlarining rahbarlari pandemiya sharoitida urush va bir tomonlama sanktsiyalarni toʻxtatishga chaqirdilar.

TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlat rahbarlari koronavirus tarqalishi fonida barcha davlatlarni qurolli toʻqnashuvlar, savdo urushlar va bir tomonlama sanktsiyalarni toʻxtatishga chaqirdilar. Bu haqda COVID-19 pandemiyasi boʻyicha qoʻshma murojaatda aytilgan.

“Biz barcha davlatlarni xalqaro hamkorlikni qoʻllab-quvvatlashga, ishonchni mustahkamlashga, qurolli mojarolar, savdo urushlar, moliyaviy va iqtisodiy sanktsiyalarga chek qoʻyishga va xalqaro qonunlarga qatʼiy rioya qilishga chaqiramiz”, - YEOII Oliy kengashining murojaatida.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kun yangi COVID-19 koronavirus tarqalishini, pandemiya deb eʼlon qildi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻylab 1,7 milliondan ortiq kishi bu virusga chalingan, 110 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (51)

Asosiy mavzular