AQSh JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin

© Wikipedia / Thorkild Tylleskar Shtab-kvartira VOZ v Jeneve.
Shtab-kvartira VOZ v Jeneve. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori tashkilotning Afrika mintaqasidagi poliomiyelitga qarshi dasturlariga salbiy ta’sir qiladi.

TOShKENT, 16 apr — Sputnik. AQShning Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori tashkilotning Afrika mintaqasidagi poliomiyelitga qarshi dasturlariga salbiy ta’sir qiladi. Bu haqda JSST Afrika mintaqaviy direktori Matsidiso Moyeti bayonot berdi.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston
Guterresh Trampning JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘yish qarorini tanqid qildi

Moyetining so‘zlariga ko‘ra, JSST budjetida 300 million dollar Afrika mintaqasidagi 47 davlatida dasturlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan. Mablag‘ning katta qismi poliomeitni yo‘l qilish dasturiga ko‘zda tutilgan. Vashington qarori bu dasturlarga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

JSST AQSh o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqadi, deb umid qilmoqda.

Seshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington JSST koronavirus tarqalishi haqidagi ma’lumotlar o‘z vaqtida ma’lumotlarni taqdim etmagani, dunyo hamjamiyatiga haqiqatni yetkazmagani tufayli moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘yishini ma’lum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0