02:27 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (965)
561 0 0

Moskvada uch nafar bemor yangi koronavirus infektsiyasiga antitela boʻlgan qon quyilgandan soʻng 10-14 kun oʻtib tuzalib ketdi.

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Moskvada qon plazmasi quyilgandan soʻng uch nafar koronavirus bilan kasallangan bemor tuzalib ketdi. Bu haqda shahar merining ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Anastasiya Rakova maʼlum qildi.

“Moskvada uch nafar bemorga yangi koronavirus infektsiyasiga antitela boʻlgan qon quyilgandan soʻng javob berildi”, - deya Rakova soʻzlaridan keltilgan RIA Novosti.

Uning taʼkidlashicha, donor plazasi quyilgan ikki fuqaro kasalxonadan 10 kundan keyin davolanib chiqqan. Uchinchi fuqaroga esa 14 kundan soʻng javob berilgan.

“Ularning hammasi hozir yaxshi ahvolda. Umid qilamizmi, bunday sogʻayib ketganlar soni oshadi, davolashning bu usuli bizga koronavirus pandemiyasini yengishga yordam beradi”, - deya qayd etdi Rakova.

Rossiyada koronavirusni davolashda qoʻllaniladigan donorlarning qonidagi antitela plazmasi uchun toʻlov belgilangan. Har 150 millilitr plazmasi 1250 rubl, 600 millilitr uchun esa 5 ming rubl toʻlanadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi tez kunlarda mutlaqo yangicha usul — koronavirusdan sogʻaygan insonlarning qon zardobini xastaligi ogʻir kechayotgan bemorlarga quyish amaliyoti joriy etilishini maʼlum qilgan edi.

Koronavirus infektsiyasidan tuzalgan insonlardan zardob olishdan oldin, bir nechta infektsiyalarga tekshiriladi, tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (965)

Asosiy mavzular