BMT "injil ko‘lamidagi" ochlik xavfi haqida ogohlantirdi

Obuna bo‘lish
BMT vakili Devid Bizliga ko‘ra, agar hozir tayyorgarlik ko‘rib harakat qilishni boshlamasak, unda bir necha oy ichida injilda ko‘rsatilgani kabi ko‘lamli ocharchilikka duch kelishimiz mumkin", - dedi u.

TOShKENT, 22 apr - Sputnik. BMT Jahon oziq-ovqat dasturining (JOD) ijrochi direktori Devid Bizlining aytishicha, agar insoniyat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlamasa, koronavirus pandemiyasi tufayli katta ocharchilikka duch kelishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti tashkilot veb-saytiga tayanib habar bergan.

Prazdnovanie Mejdunarodnogo dnya studenta vo Vladivostoke - Sputnik O‘zbekiston
Shifokor qisqa muddatli ochlikning foydali jihatini aytdi

"Agar hozir tayyorgarlik ko‘rib harakat qilishni boshlamasak, unda bir necha oy ichida injilda ko‘rsatilgani kabi ko‘lamli ocharchilikka duch kelishimiz mumkin", - dedi u.

Bizli bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun bir qator chora-tadbirlarni taklif qilmoqda. U harbiy harakatlarning barcha ishtirokchilaridan insonparvarlik yordamiga to‘siqsiz kirishni ta’minlashni, shuningdek, dunyo bo‘ylab insonparvarlik yordami yetkazib berilishini ta’minlaydigan logistika markazlari tarmog‘ini yaratishga 350 million dollar sarmoya qilishni so‘radi.

"Avvalo, bizga tinchlik kerak", - dedi JOD rahbari.

Bizli, shuningdek, moliyalashtirish taqchilligini, savdoda uzilishlarni va ocharchilikka yo‘l qo‘ymaslikning oldini olish muhimligini ta’kidlab, erta ogohlantirish tizimlari zarurligi masalasini ko‘tardi.

"Vaqt biz tomonda emas, shuning uchun tez va oqilona harakat qilaylik", - deya xulosa qildi Bizli.

Avvalroq, JOD mutaxassislari 2020-yil oxiriga qadar dunyoda 130 millionga yaqin odam COVID-19 ta’siri tufayli ochlikdan azob chekishini aytishgan.

Yangiliklar lentasi
0