12:35 25 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1349)
109010

Odamlar koʻrshapalaklardan kasallik yuqtirib olish xavfi - ular koʻp toʻplangan joylarda yuzaga kelishi mumkin.

TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Odamlar koʻrshapalaklardan kasallik yuqtirish xavfi ular koʻp toʻplangan joylarda yuzaga kelishi mumkin, togʻ tizmalaridan tashqaridagi moʻʼtadil kengliklarda bunday joylar yoʻq, deydi biolog, Moskva davlat universiteti xodimi Sergey Kruskop.

Agar koʻrshapalaklarni barcha turlarini yoʻq qilish haqida masala paydo boʻlsa ham, buni amalga oshirish texnik jihatdan qiyin.

Koʻrshapalaklar pandemiyaga sabab boʻlgan COVID-19 ehtimoliy manbalaridan biri ekanligi maʼlum qilindi. Pangolinlar avvalgi SARS koronavirusi infektsiyasini yuqtirish manbai sifatida tan olinganida, Xitoy hukumati tutqunlikda boʻlgan bu turdagi barcha hayvonlarni yoʻq qilish haqida topshiriq bergandi.

“Koʻrshapalaklarni kamdan-kam holatlarda uchratamiz. Koʻrshapalaklardan xavf ular katta toʻplanadigan joylarda boʻladi. Togʻli hududlardan tashqarida bunday toʻdalar deyarli yoʻq. Oʻrta kenglikda eng katta toʻda - ehtimol bir necha oʻnlab, yuz yarim, lekin bu kamdan-kam uchraydi. Oʻrta kenglikda koʻrshapalaklar kichik guruhlarda yashaydi va katta maydonlarga tarqalib ketadi. Agar toʻsatdan ularni qasddan qirib tashlash vazifasi qoʻyilsa, texnik jihatdan buni amalga oshirish juda muammoli boʻladi”, - deydi Kruskop.

Mutaxassis Qrimda koʻrshapalaklar turlaridan birini – uzun qanotli koʻrshapalaklarni yoʻq qilish haqida holat boʻlganini eslatdi.

“Oddiy uzun qanotli koʻrshapalaklar katta koloniya boʻlib yashaydilar, sovuq mavsumda omon qolish uchun qishni gʻorlarda oʻtkazadilar. Ularga hamma gʻorlar ham toʻgʻri kelmaydi, shuning uchun barcha koʻrshapalaklar 1-2 ta gʻorda yigʻildi. SSSRda oʻquv qoʻllanmalar chiqaradigan tashkilot faoliyat koʻrsatgan. Ular uchun koʻrshapalaklarning skeletlari kerak boʻlgan. Qrimda uzun qanotli koʻrshalaklarning butun bir boshli populyatsiyasi qish mavsumida yoʻq qilingan. Ular qoʻnim topgan gʻorda 70 minga yaqin koʻrshapalak tutib olingan,” – deydi olim.

Biolog taʼkidlashicha, koʻrshapalaklar dunyodagi sutemizuvchilarning xilma-xilligining beshdan birini tashkil etadi, ularning 1,4 mingdan ortiq turi mavjud.

Kruskopning soʻzlariga koʻra, koʻrshapalak bilan juda yaqin, masalan, ularni isteʼmol qilish vaqtida kasallik yuqtirib olish mumkin. Shu tariqa Ebola virusi koʻrshapalakdan odamga yuqtirilgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1349)

Asosiy mavzular