11:53 10 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
58750

Tojikiston parlamentining quyi palatasi "Fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida" gi qonunga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi hujjatni qabul qildi.

TOSHKENT, 29 apr — Sputnik.  Tojikiston parlamentining quyi palatasi "Fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida" gi qonunga milliy familiyalarga bogʻliq boʻlgan oʻzgartirishlarni qabul qildi. Bu haqda Sputnik Tojikiston parlament axborot markaziga asosan xabar qildi.

Yangi oʻzgarishlarga koʻra, endi tugʻilgan bolalar familiya va otasining ismini hujjatlarda rasmiylashtirish jarayonida slavyan suffikslardan voz kechiladi. Xususan, tojik familiyalari - "-ov", "-ova", "-yev", "-yeva" deb tugallanishi kerak emas, otasining ismida esa "-ovich", "-ovna", "-yevich", "-yevna" suffikslar yozilmaydi.

Oʻzgarishlar faqatgina qabul qilinganidan keyin yangi tugʻilgan bolalarga tegishli, ulardan oldin tugʻilganlar oʻzlarining maʼlumotlarini toʻgʻrilashi shart emas.

Parlament aʼzolari oldida adliya vaziri Muzaffar Ashuriyon va deputat Soleha Xolmahmadzoda yangi oʻzgarishlarni tushuntirib berdi.

Ashuriyon hukumat tomonidan taklif qilingan qonunga kiritilgan oʻzgartirishlar "milliy nomlarni tiklanishi" bilan izohlanganini tushuntirdi.

Qonunga kiritilgan oʻzgarishlarga, odatiy boʻlib qolgan "-i", "-zod", "-zoda", "-on", "-yon", "-yor", "-niyo" i "– far" suffikslarga, "– pur" (erkak), "– duxt" (ayol) suffiksi qoʻshildi.

Vazir taʼkidlashicha, bu holatda Tojikistonda istiqomat qiluvchi boshqa millat vakillari uchun istisno, ular yangi tugʻilgan farzandlarini roʻyxatdan oʻtkazishda qaysi familiya va otasining ismi qoʻshimchalarini tanlash huquqiga ega.

Eslatib oʻtamiz, bundan avval Tojikiston fuqarolariga bolalarining ismlari va otasining ismlarini roʻyxatdan oʻtkazishda slavyan qoʻshimchalarini ishlatmaslik tavsiya qilingan edi.

Bunday tashabbusni mamlakatda birinchilardan boʻlib Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon boshlab berdi. Jumladan, 2007 yilda prezidentning mamlakat ziyolilari vakillari bilan anʼanaviy uchrashuvida Emomali Rahmonov oʻzini Emomali Rahmon deb atash toʻgʻrisida qarorni eʼlon qildi.

Asosiy mavzular