23:59 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
638 0 0

Jumaga oʻtar kechasi Isroil armiyasi vertolyotlari Golan tepaliklaridagi pozitsiyalardan turib Suriya hududidagi nishonga zarba bergan.

TOSHKENT, 1 may - Sputnik. Suriyaning SANA davlat agentligi maʼlumotlariga koʻra, Isroil harbiylari Suriyaning janubiy hududlariga navbatdagi raketa hujumini uyushtirdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, jumaga oʻtar kechasi Isroil armiyasi vertolyotlari Golan tepaliklaridagi pozitsiyalardan turib zarba bergan. Hammasi boʻlib bir nechta raketalar otilgan. Raketa natijasida moddiy zarar yetkazilgan.

Uch kun oldin Suriya ommaviy axborot vositalari Isroil armiyasining Suriyaning Damashq provintsiyasidagi nishonlarga zarbalari haqida xabar berishdi. Unda, agentlik maʼlumotlariga koʻra, otishma natijasida uch tinch aholi halok boʻlgan.

Isroil harbiylari muntazam ravishda Suriyadagi nishonlarga zarbalar berib keladi, oʻzlarning harakatlarini zamonaviy qurollarning dushmanlar qoʻliga tushishini oldini olish istagi bilan izohlashmoqda. Birinchi navbatda gap Bashar Asad tarafdori boʻlib, Tehron tomonidan nazorat qilinadigan Livan "Hizbulloh" harakati haqida ketmoqda.

Suriya va Isroil oʻrtasida hech qanday diplomatik aloqalar yoʻq, ular ikkala davlat yaratilganidan beri urush holatida boʻlib kelmoqda. Xususan, ular oʻrtasida Golan tepaliklarining maqomi boʻyicha uzoq muddatli hududiy mojaro mavjud.

Asosiy mavzular