19:56 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
326 0 0

Xitoy oʻz kuchi bilan koronavirus paydo boʻlish manbaalarini oʻrganishni allaqachon boshlab yuborgan, lekin Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti soʻrovlariga rad javobi bermoqda.

TOSHKENT, 1 may - Sputnik. Xitoy hukumati JSSTning koronavirus manbaini oʻrganishda ishtirok etish haqidagi soʻroviga rad davobi berdi, deb yozmoqda RIA Novosti tashkilotning Xitoydagi vakili Goden Galeaga asosan. 

Xalqaro tashkilot vakilining soʻzlariga koʻra, kelajakda ushbu kabi epidemiya takrorlanmasligi uchun, koronavirus paydo boʻlishi vaziyatni aniqlash juda muhimdir. 

"Biz Xitoy milliy tizimlari tomonidan koronavirus paydo boʻlish holatlarini oʻrganish boshlab yuborilganidan xabardormiz, lekin xozircha ushbu jarayonga taklif olganimiz yoʻq. JSST Xitoy hukumati va Sogʻliqni saqlash tuzilmalariga soʻrovlar yuborishda davom etmoqda", - dedi Galea Britaniyaning Sky News telekanaliga. 

Mutaxassis soʻzlariga koʻra, JSST koronavirusning tabiiy yoʻl bilan paydo boʻlganiga shubha qilmaydi, lekin har qanday tekshiruv virus kelib chiqishi tarixiga oid laboratoriya izlanishlari bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, AQSH COVID-19 epidemiyasi paydo boʻlishida Uxan shahrida joylashgan Xitoy laboratoriyalarini ayblagan edi. Xitoy esa ushbu ayblovlarni muntazam ravishda inkor qilib kelmoqda.

Shuningdek, 29 aprel kuni AQSH razvedkasi koronavirus laboratoriyada paydo boʻlmagan u tabiiy yoʻl bilan paydo boʻlgan degan bayonotni eʼlon qilgan edi. 

Asosiy mavzular