04:03 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
663 0 0

Sklifasovskiy nomli moskva tez yordam markazi shifokori soʻzlariga koʻra, koronavirusga chalingan odamning ahvoli keskin ogʻirlashib bir kun ichida vafot etishi mumkin ekan.

TOSHKENT, 1 may - Sputnik. Moskvadagi Sklifosovskiy nomidagi tez yordam ilmiy markazi bosh shifokori Sergey Petrikov koronavirus haqida oʻz kuzatuvlarini xabar qildi.

Petrikov aytishiga qaraganda soʻnggi kunlarda Moskvada ahvoli keskin ogʻirlashgan bemorlar soni oshmoqda. Shu sababli Sklifasovskiy shifoxonasida soʻng reanimatsion oʻrinlar soni 67taga yetkazishga qaror qilingan. Koronavirus ogʻir kechayotgan bemorlarga nafaqat kislorod yordami balkim oʻpkani invazion shamollatish ham kerak boʻlmoqda, deydi shifokor.

© Sputnik / Dmitriy Astaxov

Doktor kuzatuvlariga koʻra ahvoli ogʻirlashgan bemorlar orasida turli yoshdagi kishilar bor. Ularning bir xususiyati yaqqol koʻzga tashlanadi - ularning deyarli barchasida ortiqcha vazn mavjud. Shuningdek, oldin aytilganidek surunkali pnevmoniya, diabet va boshqa kasalliklar ham COVID-19 kechishini ogʻirlashtiriuvchi omillardir.

Petrikov koronavirusning yana bir noxush xususiyati haqida aytib berdi. Shifokor soʻzlariga koʻra, koronavirus bilan kasallangan odam bir necha kun davomida oʻzini yaxshi his qilishi, lekin bir kunda uning ahvoli keskin ogʻirlashib, vaqtida yordam koʻrsatilmasa vafot etishi ham mumkin ekan. Bunga qon tarkibining oʻzgarishi va oʻpkadagi qon tomirlarida tromblar paydo boʻlishi sabab boʻlishi mumkin ekan. 

Shu sababli reanimatolog fuqarolarni yanada ehtiyot boʻlishga chaqirdi.  Shifokorlar ish joylarida boʻlib, oʻz hayotlarini xavf ostiga qoʻyib xalqqa xizmat qilayotganini qadriga yetishga va kasallikni tezroq yengish uchun karantin oxirigacha uydan chiqmaslikka chaqirdi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 114 ming kishida aniqlangan. vafot etganlar soni 1100 dan oshgan, tuzalib ketganlar esa 13220 kishini tashkil qilgan.  

 

Asosiy mavzular