JB koronavirusdan Tojikistonda necha kishi vafot etishini prognoz qildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Navruza v Dushanbe
Prazdnovanie Navruza v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon banki ekspertlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasidan Tojikistonda 21 ming kishi vafot etishi mumkin

TOShKENT, 2-may — Sputnik. Tojikistonda og‘ir formadagi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga 72 000 kishidan 230 500 kishigacha chalinishi mumkin.

Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonda 15 kishida koronavirus aniqlandi

Jahon banki ekspertlari shunday xulosaga keldilar.

Bu haqda Jahon banki tomonidan e’lon qilingan Tojikistondagi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga shoshilinch qarshi kurash loyihada aytilgan.

Prognozlarga ko‘ra Respublikada jonlantirish bo‘limlarida davolanishni yoki intensiv davolashni talab qiladigan og‘ir turdagi kasalliklar soni 13 mingdan 43 mingtagacha bo‘lishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, koronavirusdan vafot etganlar soni 21 mingtaga yetishi mumkin.

Infeksiyani jilovlash uchun mutaxassislar COVID-19ga chalingan vaqtda uy sharoitida o‘z-o‘zini yakkalash, ijtimoiy masofalanish, ayniqsa, 70 yoshdan katta odamlar izolyatsiyaga olinishi, maktablar, kollejlar va universitetlarni yopishni taklif etishmoqda.

Sotrudnitsa laboratorii epidemiologii i mikrobiologii - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonlik yosh olim “korona”ga qarshi dori ixtiro qilmoqchi

Ekspertlar ta’kidiga ko‘ra, bu kasallikning aholi o‘rtasida tarqalishini cheklashda yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda 30-aprel kuni koronavirusga chalinganlik bo‘yicha 15ta holat qayd etilgan bo‘lib, bugun 2-may kuni ushbu 76taga yetgan, ikki kishi vafot etgan.

Koronavirus pandemiyasi

Koronavirus epidemiyasi 2019-yilning oxirida Xitoyda yuz berdi. Mart oyi o‘rtasida BSST pandemiya haqida e’lon qildi. 

Taxminlarga ko‘ra, virus odamga ko‘rshapalaklar yoki ilonlardan o‘tgan. Shu bilan birga OAVlarda virus sun’iy ravishda yaratilganligi haqida xabarlar tez-tez paydo bo‘lmoqda.

2 may kungi statistikaga muvofiq, koronavirus butun dunyo bo‘yicha 3,3 million kishida aniqlangan. Bir milliondan ortiq kishi sog‘aygan, 238 ming kishi vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0