04:15 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (56)
140020

Ertalab soat 8.00 da Turkiston viloyatining Orgebas aholi punktini suv bosdi, sal kam 1,5 ming kishi evakuatsiya qilindi.

TOSHKENT, 3 may — Sputnik. Bugun 3 may kuni Qozogʻiston Turkiston viloyati Maktaorol tumanining Orgebas qishlogʻini suv bosdi. Qishloqning barcha aholisi evakuatsiya qilindi. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston xabar qildi.  

Ferduosi aholi punkti tomonidan soat beshda bu qishloqqa suv kelishni boshladi.

Aholi punktlar orasida masofa -  3 kilometr.

“Soat 8.00 da kelgan suv butun Orgebas aholi punktini bosdi (194 ta uy). Aholi (1 451 kishi) evakuatsiya qilindi. Jabrlanganlar yoʻq”, - deyilgan “Otirar” mahalliy nashr xabarida.

2 may kuni, Turkiston viloyatining bir nechta aholi yashash punktlarining suv bosgani haqida maʼlum qildi.

Jenis va Jana Turmis aholi punktlaridan ikki mingdan ortiq, Ferduosi va Nurli yoʻldan 3 mingdan ortiq kishi evakutsiya qilindi. Aholi Atakent qishlogʻida 9 ta evakuatsiya-qabul punktlarida joylashtirildi.

Kuni kecha, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa bilan bogʻliq joriy vaziyatni hamda uning mamlakatlar chegaraoldi hududlaridagi oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha yaqin hamkorlikni tashkil etish masalalarini batafsil muhokama qilgan.

Prezidentlar hukumatlarga ishni muvofiqlashtirgan holda taʼminlash va yuzaga kelayotgan barcha masalalarni tezkor hal qilish boʻyicha topshiriq berdilar.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (56)

Asosiy mavzular