23:24 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (880)
84010

Olimlar fikriga koʻra, D vitamini yetishmasligi koronavirusdan oʻlim koʻrsatkichi yuqoriligi sabablaridan boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 3 may — Sputnik. Baʼzi mamlakatlarda koronavirusdan oʻlim koʻrsatkichi yuqoridigi organizmda D vitaminining yetishmasligi bilan bogʻliq. Bunday xulosaga qirolicha Yelizaveta kasalxonasi jamgʻarmasi va Sharqiy Angliya universiteti olimlari kelishdi. Research Square jurnalida chop etildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Vrach Klinicheskogo meditsinskogo tsentra podpisыvayet probirki s obraztsami biomaterialov
© Sputnik / Yevgeniy Yepanchintsev

Mutaxassislar COVID-19 dan oʻlimlar holatlari statistikasi bilan Yevropaning 20 ta davlatlar fuqarolarida D vitamin oʻrtacha darajasini taqqoslashdi.

Maʼlum boʻlishicha, bu koʻrsatkichlar bir-biri bilan bogʻliq boʻlib, fuqarolarida bu vitamin yetishmovchiligi boʻlgan mamlakatlarda oʻlim hollari koʻpaygan.

“Ayniqsa vitaminining past darajasi Ispaniya, Italiya va Shveytsariya aholisi orasida qayd etilgan”, - deyilgan tadqiqotda.

Bundan tashqari, D vitamin yetishmovchiligi ayniqsa qariyalarda kuzatilgan.

Hozirgi vaqtda olimlar biologik faol moddalar yordamida kasallikning oldini olish boʻyicha tavsiyalar ustida ishlamoqdalar.

Yangi koronavirus infektsiyasi pandemiyasi deyarli butun dunyo davlatlarini qamrab oldi. BSST maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻylab  3 milliondan ortiq kishi bu virusga chalingan, 230 ming kishi vafot etdi.

Kasallanganlar va qurbonlar soni boʻyicha birinchi oʻrinda AQSH qolmoqda. Shuningdek, ushbu roʻyxatga Ispaniya, Italiya, Frantsiya, Germaniya va Buyuk Britaniya kirmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (880)

Asosiy mavzular