19:42 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
524 0 0

Koreya Respublikasi Shtab boshliqlari qoʻshma qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, KXDR va Janubiy Koreya chegarasida otishma  yuz berdi.

TOSHKENT, 3 may — Sputnik. KXDR va Janubiy Koreya chegarasida otishma yuz berdi. Bu haqda Ryonxap agentligi Koreya Respublikasi Shtab boshliqlari qoʻshma koʻmitasiga asosan xabar qildi. RIA Novosti.

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 07.41da yuz berdi.

"Demarkatsiya chizigʻi markaziy qismida joylashgan kuzatuv postiga (Janubiy Koreya - tahr.) qarata bir necha bor oʻq uzildi", - deyilgan xabarda.

Janubiy Koreya harbiylari, koʻrsatmalarga muvofiq, Shimoliy Koreya tomon ikkita oʻq uzish bilan javob qaytarishdi.

Hech qanday moddiy zarar yetkazilmadi, jarohat olganlar yoʻq.

Shtab boshliqlari qoʻshma qoʻmitasida taʼkidlanishicha, Janubiy Koreya harbiy kuchlari "Janubiy va Shimoliy Koreya oʻrtasidagi harbiy aloqa liniyasi orqali" voqeaning sabablarini oʻrganishmoqda va bunday hodisalarning takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun barcha choralarni koʻrilmoqda.

Koreya yarim oroli rasmiy ravishda urush holatida, chunki 1950-1953 yillardagi Koreya urushi tinchlik shartnomasini emas, balki sulh imzolash bilan yakunlangan. Demilitarizatsiya qilingan zona 38-parallel boʻylab oʻtib, Koreya yarim orolini teng ikki qismga ajratadi.

Asosiy mavzular