11:18 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
172930

Toqayevning soʻzlariga koʻra, Turkiston viloyati aholisiga yordam koʻrsatilmoqda, Oʻzbekiston hukumati bilan muzokaralar olib borilmoqda.

TOSHKENT, 3 may — Sputnik. Qozogʻiston janubida 10ta qishloq suv ostida qoldi, 22 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi, deb taʼkidladi Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev. Sputnik Qozogʻiston xabariga asosan.

“Oʻzbekiston Sardoba suv ombori toʻgʻoni buzilishi oqibatida Turkiston viloyatining 10  ovulini suv bosdi. 22 mingdan ziyod aholi evakuatsiya qilindi, ularga yordam koʻrsatilmoqda. Oʻzbekiston hukumati bilan muzokaralar olib borilmoqda”, - deb yozdi Toqayev Twitter sahifasida.

Bundan avval Turkiston viloyatida 3,6 ming gektar ekinzor suv ostida qolgani haqida xabar berilgandi, zararning dastlabki summasi – 955 ming dollar.

Yetti aholi punktidan 3 115 ming mol, 1101 ot, 585 qoʻy va 34 tuya xavfsiz hududga olib ketildi.

Eslatib oʻtamiz, 1 may kuni soat 05:55da “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan va Sardoba tumani Qoʻrgʻontepa aholi yashash punktiga, Mirzaobod tumanidagi “Navbahor”, “Haqiqat” va “Bahoriston” MFYlari aholi yashash punktlariga qisman suv kirgan.

Oqibatda "Qoʻrgʻontepa", "Doʻstlik", "Yurtdosh" MFYlardan jami 11,6 ming nafar aholi xavfsiz joyga koʻchirilgani haqida xabar qilingan edi.

“Sardoba” suv ombori oʻpirilishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelganligi holati yuzasidan JKning 207-moddasi 1-qismi va 258-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Davlat xavfsizligi xizmati tergov harakatlari amalga oshiradi. 

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular