11:11 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
347 0 0

Avval ushbu lavozimda Nursulton Nazarboyevning toʻngʻich qizi Dariga Nazarboyeva faoliyat yuritib kelayotgan edi.

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Qogʻoziston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev Maulen Ashimbayevni parlament yuqori palatasining raisi etib tayinladi. Bu haqda Sputnik Qogʻoziston nashri xabar qilmoqda.

Maulen Ashimbayev 4 may kuni Qozogʻiston Senati aʼzosi etib saylangan edi.

Ashimbayev 2018 yil fevralidan 2019 yil iyuniga qadar Nur Otan partiyasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

2019 yil 30 iyulidan prezident yordamchisi lavozimida ishlagan.

2019 yil 18 dekabridan bugunga qadar prezident administratsiyasi rahbari birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Tokayev mamlakat parlamenti senati (yuqori palatasi) deputati Dariga Nazarboyevaning vakolatlarini toʻxtatish toʻgʻrisida farmonni imzolagani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular