TOSHKENT, 4 may - Sputnik. Xitoyning “Sohu” nashri Rossiyaning Su-57 rusumidagi samolyotini Amerikaning F-22 qiruvchi samolyoti bilan boʻladigan jangda afzal koʻradi, deb yozadi RIA FAN.
Portalga koʻra, Amerikaning F-22 qiruvchi samolyoti Su-57 paydo boʻlishigacha dunyoda eng kuchli deb hisoblangan.
Xitoylik jurnalistlarning fikriga koʻra, yangi rus qiruvchi samolyoti F-22dan sezilarli darajada ustun. Shu bilan birga, buni AQShning yuqori martabali harbiy hizmatchilari ham tan oladi, ular rus qiruvchisi yaqin jangda F-22ga hech qanday imkoniyat qoldirmaydi deb hisoblashadi.
“Axir F-22ning koʻplab loyihaviy standartlari bir necha oʻn yillar oldin shakllangan, Su-57 esa soʻnggi yillarda juda optimallashtirilgan”, - deya taʼkidlaydi Xitoy mutaxassislari.
Bundan tashqari, ushbu mashinalarning jangovar toʻqnashuvi yuz bersa, amerikalik qiruvchi yarim soat ham yashay olmaydi.
Pentagon 750 ta F-22 samolyotlarini sotib olishni rejalashtirgan, ammo qiruvchi samolyotning baland narxi sababli AQSH harbiylari 184 ta samolyotni sotib olishga qaror qilgan.