20:38 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
Gʻalabaning 75 yilligi (50)
197 0 0

Urush yillarida yozilgan sheʼrlarida qanday kuch gʻayrat, qahr-gʻazab va hayotga muhabbat borligiga oʻzingiz amin boʻlding dedi Valentina Matviyenko.

TOSHKENT, 5 may - Sputnik. Rossiya Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko MDH parlamentlararo assambleyasi loyihasi doirasida Robert Rojdestvenskiyning sheʼrini oʻqib berdi hamda Gʻalabaning 75 yilligi arafasida urush yillari sheʼrlarini oʻqishni tavsiya qildi.

“Urush haqidagi sheʼrlarni oʻzingiz oʻqing, bolalaringizga oʻqib bering. Ularda qanday kuch gʻayrat, qahr-gʻazab, kelajak oldida qarz hamda hayotgan muhabbat borligiga amin boʻling. Ushbu toʻygʻular jangchilaring kamtarin soʻzlarida namoyon boʻladi. Oʻzingiz urush nafasini his qiling”, - dedi spiker Sputnik radiosi efirida.

Matviyenko aytishiga qaraganda, MDH parlamentlar assotsiatsiyasi loyihasi doirasida bir necha kishi: urush veterani, siyosatchi va yosh avlod vakili Ikkinchi jahon urushi haqida bitta sheʼrni oʻqib berishadi.  

“Men ham oʻz hamkasabalarim kabi ushbu loyihada ishtirok etdim. Menga sheʼr oʻqib berish huquqi berishganda bir oy kutib turdim. Bu shunchalik murakkab ish ekan. Rasman yuzaki yondashishni istamaganim tufayli”, - dedi spiker.

Matviyenko aytishiga qaraganda, u urush haqidagi sheʼrlardan bir nechasini qayta oʻqib qayta “his qilib chiqqan”. Jumladan, Konstantin Simonov, Aleksandr Tvardovskiy, Bulat Okudjava, Olga Berggolts va boshqa shoirlar asarlarini.

Ularning har birida ulkan va cheksiz urush oldida turgan va ushbu urushda gʻalaba qozonishi kerak boʻlgan aniq bir askar ruhi yaqqol his qilinadi.

“Jangchi-shoirlarning sheʼrlari menga Buyuk Gʻalaba kuni oldidan juda kuchli, katarsis, ruhiy tozalanish, yangilanish his tuygʻusi bagʻishladi”, - deydi Matviyenko.   

Omma oldida oʻqib berish uchun Matviyenko Robert Rojdestvenskiyning “Rekviyem” sheʼrini tanlaydi.

“Hammaga tanish, barcha yuz martadan eshitgan soʻzlar boʻlsada, unda koinot miqyosidagi kuch bor! Bu boʻlib oʻtgan fojia, ogʻriqqa va qahramonlikka chetdan tashlangan nazarga oʻxshaydi”, - dedi spiker.

“Oʻqigan sari seni qandaydir sehr chulgʻab olgandek boʻladi. Oddiy soʻzlardan goʻyoki kuchliroq kattaroq boʻlib ketayotgandek  tuyulasan kishi”, - dedi Matviyenko.

Mavzu:
Gʻalabaning 75 yilligi (50)

Asosiy mavzular