10:21 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
420 0 0

New York Times Rossiya rahbariyatini qoralab yozgan maqolalari uchun Pulitser mukofotiga loyiq deb topildi.

TOSHKENT, 5 may - Sputnik. Rossiyaning AQShdagi elchixonasi Rossiyaga qarshi materiallari uchun New York Times gazetasiga "Pulitser" mukofoti taqdim etilishini qoraladi.

Seshanba kuni "Pulitser" mukofotining tashkiliy qoʻmitasi New York Times nashrini "Xalqaro jurnalistika" nominatsiyasida Rossiya rahbariyati tomonidan amalga oshirilgan "yirtqich xatti-harakatlarni fosh qiluvchi bir qator qiziqarli voqealarni yozgani uchun" mukofot bilan taqdirlangani maʼlum boʻldi.

Rossiya elchixonasi qayd etishicha, uch yil oldin NYT Rossiyani yovuzlashtirishi uchun mukofot olgan edi.

"Rossiyaga qarshi materiallarda nafaqat Rossiya rasmiylari tomonidan, balki hayotning oʻzi raddiya bergan bayonotlarga shu tariqa eʼtibor qaratib, mukofotning tashkiliy qoʻmitasi oʻz zimmasiga juda katta javobgarlikni olmoqda. Agar taʼkidlanganidek, bunda "katta xavf "mavjud boʻlsa ham, bunda faqatgina qoʻmita obroʻsi uchun havf bor", - deyiladi Rossiya diplomatik vakolatxonasining Feysbukdagi habarida.

Elchixona Amerika nashrining maqolalari qatorini "soxta faktlarni yaratishda qoʻllanma sifatida oʻrganilishi mumkin boʻlgan rusofob soxta uydirmalar toʻplami" deb nomladi.

Avvalroq Sputnik radiosi Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya atrofida "soxta maʼlumotlar pandemiya"sining paydo boʻlishi haqida gapirgani haqida habar bergan edi.

Asosiy mavzular