13:42 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (883)
415 0 0

Tojikiston Sotsial-demokratik va Demokratik partiyalari yetakchilari koronavirusga giriftor boʻlgani aniqlandi.

TOSHKENT, 5 may — Sputnik. Tojikistonda ikkita partiya yetakchisida koronavirus aniqlandi.

Tojikiston Sotsial-demokratik partiyasi raisi Rahmatillo Zoyirov oʻzining Facebookʼdagi sahifasida 8 kundirki koronavirus bilan kasallanganini maʼlum qildi.

.

“8 kundirki koronavirus bilan ogʻriganman. Salomatlik tilang. Doʻstlarimdan uyimga kelmaslikni soʻrayman”, - deya yozgan u.

Shuningdek, Tojikiston Demokratik partiyasi yetakchisi Saidjafar Usmonzoda ham koronavirus yuqtirib olgani va hozirda davolanayotganini maʼlum qilgan.

Tojikiston hukumati 30 aprel kuni mamlakatda koronavirus qayd etilganini rasman eʼlon qildi. 4 may holatiga koʻra, Tojikistonda 230 ta koronavirus holati aniqlagan. Uch bemor vafot etgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (883)

Asosiy mavzular